Nashr etilgan: 5 iyun, 2020
YeTTB: «Ipoteka bank» АTIB – Oʼzbekistondagi eng faol emitent bank
2020 yil 4 iyunь kuni Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD) Savdoni rivojlantirishga koʼmaklashish dasturi (TFP – Trade Facilitation Programme) doirasidagi nufuzli anʼanaviy mukofot gʼoliblarini eʼlon qildi. “Ipoteka-bank” АTIB – Oʼzbekistondagi eng faol emitent bank nominatsiyasida gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Mazkur mukofot bilan YeTTB Ipoteka-bankning xalqaro savdoni moliyalashtirishdagi alohida yutuqlarini eʼtirof etadi va savdo-sotiqni moliyalashtirish sohasida bank faolligini alohida taʼkidlab, koʼrsatilayotgan xizmatlar sifatini yuqori baholaydi.