Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” АTIBda “Bankda risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusida oʼquv seminar boʼlib oʼtdi

Nashr etilgan: 10 dekabr, 2021

Bugungi kunda Oʼzbekiston bank tizimida bank faoliyatini riskka asoslangan yondashuv strategiyasi asosida boshqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu tizim samarali ishlashi uchun banklarda “risk madaniyati” shakllangan boʼlishi, buning uchun esa barcha xodimlar oʼrtasida asosiy risklar, ularni boshqarishning asosiy yoʼnalishlari va instrumentlari boʼyicha tushunchalar shakllangan boʼlishi zarur. 


Shu maqsadda 2021 yilning 9 dekabr kuni “Ipoteka-bank” АTIB Bank risklarini boshqarish departamenti tomonidan bankning Bosh ofis xodimlari uchun “Bankda risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusida seminar trening tashkil etildi.


Seminarda Ipoteka-bankda risklarni boshqarish tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligi, kredit, bozor va likvidlilik risklari, operatsion risk, ekologik va ijtimoiy risklar, bank risk strategiyasi tushuntirilib, risklarni boshqarishda qoʼllaniluvchi instrumentlar hamda risk madaniyatining xodimlar orasida shakillanishi muhimligi xususida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, seminardan koʼzlangan asosiy maqsad - bank faoliyatida va ayniqsa bankning barcha aktiv amaliyotlari doirasida ilgʼor xorij tajribasidan foydalangan holda riskka asoslangan yondashuvni ommalashtirish hisoblanadi.


Bank menedjmenti tomonidan bankda risk madaniyati hamda risk tushunchalarini xodimlar orasida ommalashishi orqali bankning potentsial yoʼqotishlarini kamayishi, nooʼrin risklarni qabul qilishni oldini olish, bankning moliyaviy sogʼlomliligini taʼminlash hamda mijozlarga xizmat koʼrsatish saloxiyatini oshirish uchun tizimli tadbirlar amalga oshirib borilishi belgilab olindi.

“Ipoteka-bank” АTIBda risk madaniyatini oshirish va risklarni boshqarishni samarali tashkil etish boʼyicha, 2022 yilda bankning barcha filiallarida interaktiv uslubda oʼquv seminarlarini oʼtkazish rejalashtirilgan.