Nashr etilgan: 22 dekabr, 2022
Eng kitobsevar xodim
Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini aniglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson xarakterining murakkabliklarini tushuntiradi, ruhiy qiyofaning rangin qirralarini kashf qilish qobiliyatini o‘stiradi. Badiiy adabiyot o‘qish orqali kitobxonning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati tarbiyalanadi.