Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Welcome

"0,2% komissiya" har bir tranzaksiyada muvaffaqiyatga erishish yo'lidir

Batafsil

Savdoni moliyalashtirish

Savdoni moliyalashtirish (post finansirovanie) valyuta xizmat turi – kredit-moliya tashkilotlari mablagʼlari evaziga moliyalashtirish turi.

Аfzalliklari

• Pul mablagʼlarini tejamkorligi;

• Chet el banklari resurslarini jalb qilish hisobiga past foiz stavkalarida kredit olish imkoniyati;

• Kredit liniyalari boʼyicha kredit muddati va foizlari har bir mijoz uchun alohida belgilanadi;

• Tovar yetkazib bermaslik xavfini minimallashtirish;

• Tijorat xavfini minimallashtirish.


«IPOTEKА-BАNK» АTIBda savdoni moliyalashtirish

TАNLАSh HUQUQI

Bank mutaxassislari bilan birgalikda Siz tomoningizdan taqdim etilayotgan loyihaga baxo berish va xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashning Sizga maqul boʼlgan foizlarini tanlash.

TEZLIK

Sizning arizangiz qabul qilingandan soʼng tez orada Bank mutaxassisi aloqaga chiqib savdoni moliyalashtirish xizmat turi boʼyicha hamma savollaringizga javob beradi.

MOSLАShUVChАNLIK

Bank mutaxassislari Sizning maqsadingiz va imkoniyatingizga javob beradigan moliyalash shartlarini taklif etadilar.



Yuridik shaxslarga qoplanmagan akkreditiv ochish (Postfin) uchun hujjatlar ro‘yhati


1. Ariza;

2. Kredit oluvchining vakolatli organining kredit olish bo‘yicha yig‘ilish qarori. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga qarz oluvchining ta’sis hujjatlari nusxasi;

3. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari;

4. Agar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud bo‘lsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan ma’lumotnoma;

5. To‘lov shartlari akkreditiv bo‘lgan, TSOYaEATda ro‘yxatga olingan mijozning import shartnomasining nusxasi;

6. O‘z tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishga mo‘ljallangan savdo, ishlab chiqarish joyi mavjudligi bo‘yicha hujjatlar;

7. Biznes - reja yoki loyiha TIA(TEO)si;

8. Taʼminot hujjatlari.