Inomjonov Elyor Isroilovich
Ish telefonlari:
(78) 150-11-22Qabul vaqti:
Juma kuni soat 8:00dan 11:00gacha1978 yilda tug'ilgan. 1999 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini bitirgan, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining tadbirkorlik fakultetini, 2013 yilda Xitotsubashi nomidagi universitetni (Yaponiya) bitirgan.
Ish faoliyatini 1999 yilda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining shahar filiali chakana xizmatlar bo'limining 2-toifali mutaxassisi sifatida boshlagan.
2001-2004 yillarda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Bosh operatsion departamentining valyuta operatsiyalari bo'linmasining ikkinchi va birinchi toifali mutaxassislari, birinchi toifali mutaxassis, keyinchalik xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning monitoring bo'limi boshlig'i va Bosh boshqarma bosh boshqarmasi kredit bo'limida mutaxassis bo'lib ishlagan.
2004-2005 yillarda Bektemir tumani O'zbekiston Respublikasi Inkassatsiya Birlashmasining Bektemir tumani bo'limining boshlig'i lavozimida ishlagan.
2005-2007 yillarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.
2007 yildan 2009 yilgacha "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki ning Yunusobod filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlagan.
2009 yildan 2015 yilgacha O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini monitoring qilish bo'yicha maxsus bo'lim boshlig'i, Valyuta almashinuvi bo'limi boshlig'i va O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi tahlil bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.
2016 yildan 2018 yilgacha "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki ning Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlagan.
2018 yilning dekabrida "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Korporativ banking va bozor vositalarini boshqarish bloki rahbari lavozimida ishlagan.
2019 yil yanvar oyidan Boshqaruv Raisining birinchi o’rinbosari -Korporativ banking va bozor instrumentlari bloki rahbari lavozimida ishlagan.
2021 yil fevral oyidan bugungi kunga qadar "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Boshqaruv Raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Botirov Farrux Mannonovich
Ish telefonlari:
(78) 147-47-97Qabul vaqti:
Seshanba 8–00 dan 11–00 gacha
1979 yilda tug'ilgan. 2000 yilda Toshkent Moliya institutini, 2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2013 yilda Yaponiyaning siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan.
Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat byudjetining kassa ijrosi departamenti Markaziy bank tizimida buxgalteriya hisobi metodologiyasi bo’limi yetakchi iqtisodchisi lavozimidan boshlagan.
2003-2006 yillarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat byudjetining kassa ijrosi departamenti Banklarda buxgalteriya hisobi metodologiyasini tashkil qilish boshqarmasi Markaziy bank tizimida buxgalteriya hisobi metodologiyasi bo’limi yetakchi iqtisodchisi, Hisob va hisobot boshqarmasi metodologiyasi bo'limi yetakchi iqtisodchisi, Hisob va hisobot boshqarmasi ma'lumotlarni qayta ishlash bo'limi bosh iqtisodchisi, banklarda buxgalteriya hisobining metodologiyasini tashkil qilish boshqarmasi Markaziy bank tizimida buxgalteriya hisobi metodologiyasi bo'limi boshlig'i lavozimlarida hamda 2007-2010 yillarda Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat byudjetining kassa ijrosi departamenti Banklarda buxgalteriya hisobining metodologiyasini tashkil qilish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari - Markaziy bank tizimida buxgalteriya hisobini metodologiyasi bo'limi boshlig'i kabi lavozimlarda samarali ishlab kelgan.
2010-2011 yillarda mazkur bankda Kredit tashkilotlari faoliyatini lisenziyalash va tartibga solish departamenti Kredit tashkilotlarini lisenziyalash, ro'yxatga olish va audit boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari – Banklarni ro'yxatga olish va lisenziya berish bo'limi boshlig'i, 2011-2015 yillarda Kredit tashkilotlari faoliyatini lisenziyalash va tartibga solish departamenti Kredit tashkilotlarini lisenziyalash, ro'yxatga olish va audit boshqarmasi boshlig'i, 2015-2017 yillarda Monetar siyosat departamenti direktori o'rinbosari, 2017-2018 yillarda Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti Bank tizimida xatarlarni tahlil qilish boshqarmasi boshlig'i, 2018-2019 yillarda Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti Bank nazoratini uslubiyot boshqarmasi boshlig'i, kredit tashkilotlari prudetsial nazorati departamenti Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasi boshlig’i kabi rahbarlik lavozimlarida uzluksiz ishlagan.
2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiIpoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti direktori lavozimida samarali faoliyat olib borgan.
2021 yil sentabr oyidan "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Boshqaruv Raisining birinchi o'rinbosari-Korporativ banking va bozor instrumentlari bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Bank Boshqaruvi a’zosi.
Zulfukarov Djura Ismailovich
Ish telefonlari:
(78) 150-48-88Qabul vaqti:
Seshanba kuni 8:00dan 11:00gacha
1974 yilda tug'ilgan. 1996 yilda Toshkent Moliya institutini, 2008 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tugatgan.
Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1993 yil “Agrosanoatbank” Jizzax viloyat filialida Bank muomalasi bo'lmida mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
Qimmatli qog’ozlar hamda aholi jamg’armalari bo'limida mutaxassis va bo'lim boshlig’i bo'lib faoliyat yuritgan.
1995-1998 yillarda Jizzax viloyati Aksiyadorlik tijorat “Paxtabank”ida qimmatli qog’ozlar hamda aholi jamg’armalari bo'limida mutaxassis va bo'lim boshlig’i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.
1998-2000 yillarda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Jizzax filialida turli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.
2000-2005 yillarda “Zamin” bank Jizzax viloyat filiali boshqaruvchisi sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2005-2018 yillarda Jizzax filiali boshqaruvchisi, “Ipoteka-bank” ATIB Kreditlash boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari, Iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari vazifasini bajaruvchi, Kreditlash departamenti direktori o'rinbosari lavozimlarida samarali mehnat qilib bank ravnaqiga o'z hissasini qo'shgan.
2018 yil iyul oyidan buyon hozirgi kunga qadar "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Boshqaruv Raisi o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
2018 yil dekabr oyidan "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka bank Boshqaruv Raisi o'rinbosari - Davlat dasturlari va hududlardagi loyihalar bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Bank Boshqaruvi a’zosi.
Abduraxmanov Maxmud Axmatxujayevich
Ish telefonlari:
(78) 150-89-49Qabul vaqti:
Chorshanba 8–00 dan 11–00 gacha
1976 yilda tug’ilgan. 1998 yilda Toshkent Davlat Universitetini, 2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1998 yildan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida boshlagan.
2004 yilga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentida bosh iqtisodchi, bo’lim boshlig’i, shuningdek mazkur muassasaning Tijorat banklari, kredit uyushmalari va lombardlar kapitalini shakllantirilish, manbalarini monitoring qilish departamenti Tijorat banklari kapitalini shakllantirilish manbalarini monitoring va tahlil qilish boshqarmasi boshlig’i lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
2004 yil sentyabr oyidan 2006 yilga qadar mazkur muassasaning Tijorat banklari, kredit uyushmalari va lombardlar kapitalini shakllantirilish manbalarini monitoring qilish departamenti Tijorat banklari kapitalini shakllantirilish manbalarini monitoring va tahlil qilish boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlagan.
2006 yil sentyabr oyidan 2013 yilga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki nazoratni muvofiqlashtirish departamenti direktori o’rinbosari lavozimida ishlagan.
2013 yil avgustidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazoratni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari hamda mazkur boshqarma boshlig’i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2016 yil oktyabr oyidan “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Boshqaruv Raisi o’rinbosari etib tayinlangan.
Bank Boshqaruvi aʼzosi.
Fayazov Jahongir Maxamadjanovich
Ish telefonlari:
(78) 150-89-72Qabul vaqti:
Payshanba, 8:00 -11:00 gacha
1969 yilda tug‘ilgan. O’zbekiston Milliy universitetini hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.
Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1997 yil O’zuyjoyjamg‘armabank Shahar filialida uy-joy qurilishini kreditlash bo‘limida boshlagan. Keyinchalik faoliyatini ushbu filialning rejalashtirish va moliyaviy tahlil bo‘limining turli lavozimlarida davom ettirgan.
2001 yildan boshlab O'zuyjoyjamg'armabank hamda Ipoteka-bank bosh ofisida G'aznachilik boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan. 2017 yil yanvar oyidan Ipoteka-bank aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Boshqaruv Raisi o'rinbosari etib tayinlangan.
2018 yil dekabr oyidan Ipoteka-bank aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Boshqaruv Raisi o'rinbosari-Risklarni boshqarish bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Bank Boshqaruvi aʼzosi
Raxbarov Nodirbek Alisherovich
Ish telefonlari:
(78) 147-47-29Qabul vaqti:
Seshanba kuni 8:00dan 11:00gacha1979 yilda tu'g'ilgan. 2000 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2002 yilda Toshkent moliya institutini, 2006 yilda O'zbekiston Respublika Bank-Moliya akademiyasini, 2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 2001 yildan "O'ztadbirkorbank" Toshkent viloyati boshqarmasi Kichik va o'rta biznesni kreditlash bo'limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
2002-2005 yillarda "O'ztadbirkorbank" Toshkent viloyati boshqarmasi Buxgalteriya bo'limi soliqlarni to'g'ri hisoblanishi va to'lanishi bo'yicha nazoratchisi, Amaliyot boshqarmasi buxgalteriya hisobi va hisoboti bo'limi katta nazoratchisi, Amaliyot bo'limi bosh mutaxassisi, Amaliyot bo'limi boshlig'i o'rinbosari kabi lavzimlarida faoliyat yuritgan.
2005-2008 yillarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Banklar faoliyatini tartibga solish bo’limi boshlig’i, Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshlig’i kabi lavozimlarda ishlagan.
2012 -2013 yillarda "Agrobank" ochiq aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i bo'lib ishlagan.
2013- 2014 yillarda "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Bankning investitsion faoliyatini muvofiklashtirish va monitoring qilish departamenti Bankrot va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’I.
2014 – 2016 yillarda ish faoliyatini "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Toshkent shahar filiali boshqaruvchisi sifatida davom ettirgan.
2016 – 2020 yillarda "O'zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi Boshqaruvi Raisining o'rinbosari lavozimida ishlagan.
2020 yil fevral oyidan hozirgi kunga qadar "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Boshqaruv Raisi o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Normetov Elyor Zafarovich
Ish telefonlari:
Qabul vaqti:
1982 yilda tug’ilgan. Toshkent Moliya institutini 2004 yilda tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005 yil yanvar oyida Xalq bankining Yakkasaroy filialida buxgalter-nazoratchi lavozimidan boshlagan. 2009 yilga qadar ushbu filialning Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.
2009-2011 yillarda “O’zsanoatqurilishbank” ATBning Rakat filiali Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi bosh mutaxassisi, Rakat filiali ichki nazorat xodimi, Ichki nazorat boshqarmasida ichki nazorat gurux raxbari lavozimlarida ishlab, 2011 yil dekabr oyida ushbu bankning Toshkent viloyat Mintaqaviy filiali bosh buxgalteri lavozimiga tayinlangan.
2013 yilda ish faoliyatini "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Ichki nazorat boshqarmasi boshlig’i-Monitoring bo’limi boshlig’i lavozimidan boshlagan.
2014 yilda “Ipoteka-bank” ATIB Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazoratni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari lavozimida ishlagan.
2015 yildan 2019 yilga qadar "Ipoteka-bank" ATIB Moliya-buxgalteriya boshqarmasi boshlig’i-Bosh buxgalteri lavozimida samarali ishlagan.
2019 yil yanvar oyidan "Ipoteka-bank" ATIB Moliya bloki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori-Bank Bosh buxgalteri lavozimida ishlab kelmoqda.
Bank Boshqaruvi aʼzosi
Murodov Humoyun G’ayratovich
Ish telefonlari:
Qabul vaqti:
1983 yilda tug’ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2021 yilda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 2006 yildan “Ipoteka-bank”ATIB Sergeli filialidan boshlagan.
2006 yildan 2009 yilga qadar Toshkent shahar filiali yuridik bo'lim boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan.
2009 yildan 2017 yilga qadar Bosh ofisning Yuridik boshqarmasida bosh ofis mutahassis, bo'lim boshlig’i lavozimlarida samarali faoliyat yuritib kelgan.
2017 yil yanvar oyidan “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Yuridik boshqarma boshlig’i lavozimiga o’tkazilgan.
2019 yil yanvar oyidan “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Yuridik departament direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Bank Boshqaruvi aʼzosi.