Bank menejmenti
Rtveladze Sandro
Boshqaruv Raisi
Rtveladze Sandro
Boshqaruv Raisi
Sandro Rtveladze 1984-yil 2-yanvar kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda “Gruziya Texnika Universiteti”ning bakalavr darajasini olgan. 2007-yilda Germaniyadagi “Jacobs University”da bakalavriatni yakunlagan. 2008-yilda Buyuk Britaniyaning “University of Oxford”da "Axborot texnologiyalari va iqtisodiyot", "Integratsiyalangan ijtimoiy fanlar" hamda "Moliyaviy iqtisodiyot" yo‘nalishlarida magistrlik darajasini olgan.
Sandro Rtveladze — bank sohasi bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassis bo‘lib, Gruziya, Gana, O‘zbekiston va Rossiya kabi mamlakatlarda faoliyat yuritgan.
Bank sohasidagi o‘z faoliyatini u 2009-yilda boshlagan. 2012-yilga qadar Gruziyaning People’s Bank (Xalq Banki)da investitsiyalar va korporativ masalalar bo‘yicha boshqaruv Raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2012-2015 yillarda Gruziyadagi "Liberty Bank"ida yangi mahsulotlar, savdo kanallari va bozorlar bo'yicha bosh direktor o'rinbosari lavozimini egallagan.
2015-2020 yillarda "Bayport Management Limited"da (Gana, Afrika) chakana bank xizmatlari bo'yicha Blok rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
2020 yilda O'zbekistondagi TBC Bankning Boshqaruvi Raisi sifatida ishlagan.
2022 yilda OTP Bank Rossiyada iste'mol kreditlash direktorati direktori, chakana bo'lim direktori, Boshqaruv Raisi o'rinbosari va Boshqaruv a'zosi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2023-2024 yillarda OTP Bank RossiyadaBoshqaruv Raisi maslahatchisi sifatida ishlagan. 2024 yil sentyabr oyidan u "Ipoteka-bank" ATIB Boshqaruvi Raisi lavozimini egalladi.
Szentpeteri Adam
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari,Strategiya va moliya bloki rahbari (moliyaviy director, CFO)
Szentpeteri Adam
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari,Strategiya va moliya bloki rahbari (moliyaviy director, CFO)
Adam Szentpeteri 1972-yilda tavallud topgan. U 1996-yilda Korvinus Iqtisodiyot fanlari universitetida moliya va axborot menejmenti magistri, 2007-yilda Markaziy Yevropa universitetida (CEU) PHD, 2007-yilda ELTE Fanlar universitetida Yuridik fanlar doktori (LLM) darajasini olgan. 1997-2013 yillarda Vengriyaning ELTE Fanlar universitetida dotsent bo‘lgan.
2005-yilda OTP guruhiga qo'shilishdan oldin, Adam Szentpeteri o'n yil davomida ilmiy yo’nalishda yurib CEU, Corvinus va ELTE universitetlarida Ekonometrika, Operatsion tadqiqotlar, Huquq,Iqtisodiyot va Biznes huquqi fanlaridan dars berib, akademik faoliyat bilan shug'ullangan.
OTP guruhida Adam Szentpeteri moliya, nazorat, strategiya va chakana savdo bo'limida turli yetakchi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
U 2012-2018 yillarda OTP Bank Ukraina Kuzatuv kengashi a'zosi va 2018-2022 yillarda OTP Bank Rossiya Direktorlar Kengashi a'zosi bo'lgan.
2022-yildan to Ipotekabank OTP Groupga ishga kelgunga qadar OTP Bank Albaniyada Bosh moliya direktori va Boshqaruv a’zosi lavozimlarida ishlagan.
2023-yil iyun oyidan Ipotekabank OTP Group Boshqaruv Raisi o'rinbosari – Strategiya va moliya Bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Vorobey Viktor
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari, risklarni boshqarish bloki rahbari (Risklarni boshqarish bo’yicha director, CRO)
Vorobey Viktor
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari, risklarni boshqarish bloki rahbari (Risklarni boshqarish bo’yicha director, CRO)
Viktor Vorobey 1981-yilda tavallud topgan. 2005-yilda PazmanyPeter Catholic Universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini2006-yil Budapesht shahrining Prandler and Petroczy yuridikfirmasi yuristkonsulti lavozimidan boshlagan.
2007-2010 yillarda OTP Bank Vengriyada kreditlar bilan ishlashbo‘yicha maxsus menejer/mutaxassis lavozimida ishlagan.
2010-2017 yillarda Ukraina davlati OTP Bank Undirish vaishlab chiqish direksiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
2017-2023-yillar davomida Chernogoriya CKBda risklarbo‘yicha Bosh direktor, Risklarni boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.
2023-yil iyun oyidan boshlab, Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv Raisi o'rinbosari - Risklarni boshqarish Bloki rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Sapronov Dmitriy
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari, Chakana biznes hamda mikro va kichik biznes bloki rahbari
Sapronov Dmitriy
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari, Chakana biznes hamda mikro va kichik biznes bloki rahbari
Dmitriy Sapronov 1978-yilda tavallud topgan. 2000-yil Moskva shahri, Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasining muhandislik fakultetini tamomlagan. 2007-yil Moskvada shahri, Moliya akademiyasida MBA darajasini olgan.
2010-yilda OTP guruhiga qo'shilishdan oldin Dmitriy Sapronov "ROSBANK" OAJ, “Birinchi O'zaro Kredit Banki” OAJ, Home Credit & Finance Bank va Sberbank kabi bir nechta banklarda menejer, bo'lim boshlig'i va direktor o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2010-yildan 2014-yilgacha Moskvadagi OTP Bankiining Chakana savdo yo’nalishida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, 2015-2017 yillar davomida Xitoy shahrida , Home Credit Consumer Finance Companyning Mahsulot va biznesni rivojlantirish direktori lavozimida ham tajriba orttirgan.
2017-2023yillarda Vetnam shahrida VP Bank SMBC Finance Company Limited, Mahsulot va biznesni rivojlantirish markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
2023-yil iyun oyidan buyon Ipotekabank OTP Group Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari – Chakana xizmatlar va Kichik biznes Bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Inomjonov Elyor
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari,Korporativ boshqaruv bloki rahbari
Inomjonov Elyor
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari,Korporativ boshqaruv bloki rahbari
Elyor Inomjonov 1978-yilda tavallud topgan. U 1999-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida suv xo’jaligi va audit bakalavri, 2003-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida audit bo’yicha magistratura, shuningdek, 2010-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat taraqqiyoti akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabida moliya va banklar, 2013-yil Yaponiyaning Xitotsubashi universitetida davlat moliyasini boshqarish yo’nalishlari bo’yicha tahsil olgan.
1999-yildan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankidagi faoliyati davomida chakana savdo, tashqi aloqalar, kredit monitoringi va boshqaruvi bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lishni boshlagan.
2005-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri Bosh boshqarmasi va keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Mahsus Boshqarma boshligi lavosimida ishlagan.
2016-2018 yillarda “Ipoteka-bank” ATIB Tashqi aloqalar bo'limi boshlig'i va Korporativ bank hamda bozor vositalarini boshqarish Bloki rahbari lavozimlarida ishlagan.
2019-2021 yillarda “Ipoteka bank” ATIB Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari hamda Korporativ bank faoliyati va bozor vositalari Bloki rahbari lavozimlarida ishlagan.
2021-2023 yillar “Ipoteka bank” ATIB Boshqaruv Raisi sifatida faoliyat yuritgan.
2023- yil sentyabr oyidan Boshqaruv Raisi o‘rinbosari - Korporativ boshqaruv bloki rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Raxbarov Nodirbek
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari, kredit portfelini monitoring qilish va muammoli kreditlar bilan ishlash bloki rahbari
Raxbarov Nodirbek
Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari, kredit portfelini monitoring qilish va muammoli kreditlar bilan ishlash bloki rahbari
1979 yilda tugʼilgan. Toshkent davlat agrar universiteti (2000 yil), Toshkent moliya instituti magistraturasi (2002 yil), Oʼzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi(2006 yil), Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2009 yil) tugatgan.
Mehnat faoliyatini 2001 yil “Oʼztadbirkorbank” Toshkent viloyati boshqarmasi Kichik va oʼrta biznesni kreditlash boʼlimi mutaxassisidan boshlagan.
2005 yildan Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Banklar faoliyatini tartibga solish boʼlimi boshligʼi boʼlib faoliyat yuritgan.
2008 yildan 2009 yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish boʼlimi boshligʼi sifatida samarali faoliyat olib borgan.
2009 yildan to 2012 yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshligʼi boʼlib ishlagan.
2012 yildan to 2013 yilgacha “Аgrobank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʼi vazifasini bajaruvchisi hamda Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʼi lavozimlarida ishlagan
2013 yildan to 2014 yilgacha “Ipoteka-bank” ATIB Investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish departamenti Bankrot va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʼi lavozimida ishlagan.
2014 yildan to 2016 yilgacha “Ipoteka-bank” ATIB Toshkent shahar filiali boshqaruvchisi sifatida samarali faoliyat olib borgan.
2016 yildan to 2020 yil 21 fevralga qadar “Oʼzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Boshqaruvi Raisining oʼrinbosari lavozimida ishlagan
2020 yil 21 fevraldan eʼtiboran “Ipoteka-bank”АTIB Boshqaruvi Raisi oʼrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Irakli Elashvili
Boshqaruv raisining o‘rinbosari, Korporativ bank va bozor instrumentlari bloki Rahbari
Irakli Elashvili
Boshqaruv raisining o‘rinbosari, Korporativ bank va bozor instrumentlari bloki Rahbari
Irakli Elashvili 2002-yilda Ivane Javakhishvili nomidagi Tbilisi Davlat Universitetini (Gruziya) “Bank ishi va moliya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 2008-yilda Londondagi Business School (Buyuk Britaniya)ni tugatib, moliya va xususiy kapital sohasiga ixtisoslashgan magistr darajasini olgan. O‘qish jarayonida u AQShdagi UCLA Anderson School of Management’da malaka oshirish kursini ham o‘tgan.
2006-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) Management Consultancies Association mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2018 va 2019-yillarda EMEA Finance Awards tomonidan “Gruziyaning eng yaxshi investitsion banki” nominatsiyasida e’tirof etilgan.
Mehnat faoliyati:
- 2000–2003: Boshqaruv bo‘yicha maslahatchi, USAID Projects: Georgia Energy Security Initiative. Gruziya energetika xavfsizligini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etgan.
- 2004–2006: Bosh direktor, Power Utility Turnaround and Privatization Project (Gruziya). Gruziyaning eng yirik davlat energetika kompaniyasining ikki sho‘ba korxonasiga rahbarlik qilgan.
- 2006: Loyihalar shtabi rahbari, Power Utility Turnaround and Privatization Project, PA Consulting Group (Gruziya). Mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli xususiylashtirish jarayonlaridan birida hukumat va investorlar bilan hamkorlik qilgan.
- 2008–2011: Yetakchilik dasturi ishtirokchisi, Leadership Development Program, Barclays Bank (Buyuk Britaniya). Bankning Yevropa strategiyasini ishlab chiqqan, qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullangan.
- 2011–2012: Biznesni rivojlantirish direktori, korporativ bank, Barclays Bank (Buyuk Britaniya). G‘arbiy Yevropa, BAA va Hindistonda kredit biznesini rivojlantirgan, xalqaro jamoalarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini nazorat qilgan.
- 2012–2014: Vitse-prezident, maxsus loyihalar bo‘yicha operatsion direktor, global xazina, Barclays Capital (Buyuk Britaniya). Strategik tashabbuslarni boshqargan, kapital va moliyalashtirishni optimallashtirish orqali bank foydasini £1 milliardga oshirgan.
- 2015–2017: Moliya institutlari sektori bo‘yicha qo‘shilish va qo‘shib olish (M&A) bankiri, BNP Paribas (Buyuk Britaniya). Yevropa banklarini sotib olish, kapital jalb etish va moliyaviy strategiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha maslahat bergan.
- 2017: M&A bo‘yicha Bosh direktor maslahatchisi, NIKOIL Bank (Ozarbayjon). Birlashish va qo‘shib olish sohasidagi strategik bitimlar bo‘yicha bank rahbariyatiga maslahat bergan.
- 2017–2019: Bosh direktor, TBC Capital (Gruziya). Investitsion butikni yetakchi investitsion bankka aylantirgan, kapital bozorlaridagi bitimlarga rahbarlik qilgan.
- 2020: Maslahatchi (Gruziya). Gruziyaning yirik banklaridan biriga biznes transformatsiyasi bo‘yicha maslahat bergan, Jahon banki va Gruziya Pensiya investitsiya kengashi bilan hamkorlik qilgan.
- 2020–2021: Bosh direktor, FINCA Bank Georgia. Bankning transformatsiya strategiyasini boshqargan, Open Banking tizimini joriy etgan va bank sotuvini muvaffaqiyatli yakunlagan.
- 2021 – hozirgacha: Ham-boshqaruvchi hamkor, Alpha Capital Advisory (Gruziya). Gruziya Milliy banki tomonidan litsenziyalangan investitsion-bank konsalting kompaniyasining hammuassisi.
- 2021 – hozirgacha: Mustaqil kuzatuv kengashi a’zosi, JSC Hamkorbank (O‘zbekiston).
- 2023 – hozirgacha: Mustaqil kuzatuv kengashi a’zosi, JSC Ukrgasbank (Ukraina).
- 2025-yildan boshlab: Boshqaruv raisining o‘rinbosari, Korporativ bank va bozor instrumentlari bloki rahbari, Ipoteka bank OTP Group.
Maksim Bykov
Boshqaruv raisi o‘rinbosari, Operatsion blok rahbari
Maksim Bykov
Boshqaruv raisi o‘rinbosari, Operatsion blok rahbari
Maksim Bykov 1983-yil 3-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda G. V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetini “Jahon iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2024-yilda London Business School’da Senior Executive Programme dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Maksim bank sohasidagi faoliyatini 2004-yilda boshlagan. 2004–2015-yillar davomida Citibank Russia, DeltaCredit Bank, Barclays Bank Russia hamda MTS Bank’da turli lavozimlarda ishlab, mutaxassisdan departament rahbarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
2015–2025-yillar davomida OTP Bank (Rossiya)da faoliyat yuritib, ketma-ket Muddati o‘tgan qarzdorlik bilan ishlash departamenti direktori, Undiruv va masofaviy mijozlarga xizmat ko‘rsatish direksiyasi direktori hamda Undiruv va operatsion boshqaruv divizioni direktori lavozimlarida ishlagan.
2025-yil 3-apreldan boshlab Maksim Bykov Operatsion blok rahbari va Boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan. Shu yilning 29-sentabridan esa Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Dmitriy Volchek
Boshqaruv raisi o‘rinbosari, Axborot texnologiyalari bloki rahbari
Dmitriy Volchek
Boshqaruv raisi o‘rinbosari, Axborot texnologiyalari bloki rahbari
Dmitriy Volchek Belarus Davlat Iqtisodiyot Universitetini "Bank ishi" mutaxassisligi bo‘yicha hamda Belarus Axborot Texnologiyalari Institutini "Informatika" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Keyinchalik u Vena Iqtisodiyot va Biznes Universitetining WU Executive Academy akademiyasida "Bank ishi" yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini qo‘lga kiritgan.
U o‘z kasbiy faoliyatini 1998 yilda Belarus Respublikasi Milliy bankida boshlab, 2005 yilgacha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. Shu davrda u bank o‘tkazmalari, elektron pul va to‘lov kartalari sohasidagi qonunchilik hamda uslubiyotlarni ishlab chiqib, eski tizimlardan zamonaviy yondashuvlarga o‘tishni ta’minlagan.
2005–2016 yillarda Dmitriy Priorbank (Raiffeisen guruhi)da loyihalar boshqaruvi ofisi rahbari, Chief Digital Officer va chakana biznes yo‘nalishi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan. Uning mas’uliyatiga raqamli rivojlanish, chakana va korporativ sotuvlarni boshqarish hamda biznes jarayonlarini o‘zgartirish kirardi.
2016–2023 yillarda u Dabrabyt bankida (Belarus) Operatsion direktor, IT-direktor va Rivojlanish direktori lavozimlarida faoliyat olib bordi. Bu yerda u texnologik va operatsion rivojlanish strategiyalarini amalga oshirib, IT boshqaruvi, mahsulot portfelini rivojlantirish va jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga oldi.
2023 yilda Dmitriy WebPay jamoasiga qo‘shilib, muhim boshqaruv vazifasini egalladi. Uning rahbarligida kompaniya IT-infratuzilmani rivojlantirish, asosiy mahsulotlarni ishga tushirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, bu esa biznes samaradorligi va barqarorligini sezilarli darajada oshirdi.
2025 yil iyulida Dmitriy Volchek Ipoteka bank OTP Group’da Boshqaruv raisi o‘rinbosari va Axborot texnologiyalari bo‘limi rahbari etib tayinlandi. U bankning IT-transformatsiyasi, innovatsion yechimlarni joriy etish va texnologik infratuzilmaning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha strategik yo‘nalishni boshqaradi.
Dmitriy bir qator professional sertifikatlarga ega: Professional Scrum Master I (PSM I), ICAgile Certified Professional (ICP), Google loyiha boshqaruvi sertifikati va PMP darajasidagi menejment bo‘yicha tayyorgarlik. Uning tajribasi, mutaxassisligi va rahbarlik qobiliyatlari bankning texnologik rivojlanishiga muhim turtki beradi.