Investitsion kredit
Biznesingizni rivojlantiring — biz esa istiqbolli loyihalaringizni qo‘llab-quvvatlaymiz: transport xarididan tortib ishlab chiqarishni yangilashgacha
Arizani rasmiylashtirish
7 yilgacha
Muddat
Loyihaning 85% gacha
Moliyalashtirish
30% dan
O‘z hissasi
Qanday qilib kredit limitini olish mumkin?
Ariza yuboring
Menejer siz bilan investitsion kreditlash shartlari va hujjatlar to‘plamini muhokama qilish uchun bog‘lanadi
Qarorni bilib oling
Hisob raqamini oching va shartnomani ofisga bormasdan internet-bank orqali imzolang
Biznesingizni rivojlantiring
Kompaniyangiz aylanma mablag‘larini to‘ldiring va investitsiya loyihalarini amalga oshiring
Sanoat / tijorat ko‘chmas mulki bo‘yicha — qurilish budjetining 70% gacha
7 yilgacha — investitsion kreditlar (loyiha asosidagi) bo‘yicha
12 oygacha — investitsion kreditlar (loyiha asosidagi) bo‘yicha
Asosiy hujjatlar ro‘yxati (mijozdan talab qilinadi):
● Kredit summasi, muddati, maqsadi, ta’minoti va kredit byurosiga ma’lumotlarni taqdim etishga rozilik bilan kredit arizasi
● Kredit jalb qilish bo‘yicha vakolatli organ (ta’sischilar / aksiyadorlar) qarori, kompaniya ta’sis hujjatlari, litsenziyalar (zarur hollarda)
● So‘nggi hisobot davri uchun moliyaviy hisobot (balans, foyda va zararlar hisoboti), zarur hollarda boshqaruv hisobotlari va qarz tafsilotlari
● Boshqa banklardan ma’lumotlar (hisob aylanmalari, kreditlar, qarzdorlik)
● Faoliyat joyi bo‘yicha hujjatlar (kadastr yoki ijara shartnomasi)
● Biznes-reja yoki loyiha TEOsi
● Uskuna yetkazib berish shartnomasi
● Tijorat takliflari / narxlarni taqqoslash / ekspert bahosi
● Xomashyo yetkazib berish shartnomalari
● Mahsulot sotish shartnomalari
● Loyiha-smeta hujjatlari
● Yer uchastkasi hujjatlari (zarur hollarda)
● Ekologik xulosa (zarur hollarda)