Bugungi kundagi iqtisodiy va moliyaviy sharoitlar xalqaro savdodagi hisob-kitoblarning ishonchliligi va raqobatli moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlariga bo‘lgan alohida talablarni qo‘yadi.
Ipoteka-bank mijozlarga dokumentar hisob-kitoblarning eng zamonaviy shakllari va savdoni moliyalashtirish vositalarini taqdim etishi mumkin.
Hisob-kitoblarning dokumentar shakllari butun dunyoda xaridorlar hamda sotuvchilar uchun risklarni kamaytiruvchi hisob-kitoblarning ishonchli va qulay usullari sifatida tan olingan. Savdoni moliyalashtirish tovarlar va xizmatlarning aylanish muddati bilan mos keluvchi nisbatan arzon moliyalashtirish manbalarini olishga imkon beradi.
Savdoni moliyalashtirish — bu mijozlarimiz tomonidan tuzilgan eksport-import shartnomalari bo‘yicha tashqi savdo amaliyotlarini turli to‘lov vositalari, jumladan, eng ko‘p foydalaniladigan hujjatli (dokumentar) akkreditivlar orqali moliyalashtirishdir.
Ipoteka-bank mijozlarining kontragentlari tomonidan shartnomalar (kontraktlar) shartlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha amaliy yordam va xorijiy valyutadagi dokumentar akkreditivlar bo‘yicha istalgan amaliyotlarni taklif qiladi.
Agar siz tovarlarning yangi ta’minotchilari bilan shartnomalar tuzish yo‘li bilan o‘z biznesingizni kengaytirmoqchi bo‘lsangiz yoki xorijiy davlatlardagi xaridorlar bilan yangi savdo shartnomalari tuzish yo‘li bilan ishlab chiqarilgan tovarlarning sotish hududini kengaytirishni xohlasangiz, dokumentar akkreditivlar xizmatlaridan foydalaning.
Akkreditiv — bu naqd pulsiz
- tovar uchun to‘lov faqat tovarni yuklash muddatlari, sifati va miqdoriga amal qilgan holda uni to‘g‘ri yuklanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosidagina amalga oshirish;
- akkreditiv shartlariga muvofiq tovarni yuklash hujjatlarini bankka taqdim qilish orqali uni amalda xaridorga yetkazib berilishini kutmasdan turib yuklangan tovar uchun to‘lovni o‘z vaqtida olish;
- akkreditiv bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar bank xodimlari tomonidan mustaqil tarzda va puxtalik bilan tekshirilishi;
- tashqi savdoning siyosiy, iqtisodiy va boshqa tavakkalchiliklarining (risklarining) kamayishi;
- xaridorning tovar uchun to‘lash majburiyatidan tashqari
bank-emitentning va/yoki tasdiqlovchi bankning akkreditiv shartlariga muvofiq yuklash hujjatlari bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish majburiyati ham qo‘shiladi.
Ipoteka-bank O’zbekistondagi valyuta bozorining yetakchi operatorlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Ipoteka-bank eng ko‘p talabga ega bo‘lgan valyutalar bilan bajarish muddatlari TODAY, TOMORROW va SPOT bo‘lgan konversiya amaliyotlarini taklif qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasining a’zosi hamda banklararo valyuta bozorining faol ishtirokchisi bo‘lgan holda Ipoteka-bank o‘z kontragentlari va vakillik banklariga konversiya amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamdagi xizmatlarni taklif qiladi.
Ipoteka-bank o‘z ishida REUTERS — Dealing 3000 xtra axborot-diling tizimidan faol foydalanadi.
Bizning kotirovkalarimiz muntazam ravishda yangilab boriladi va ular REUTERS tizimi bo‘yicha joriy bozor sharoitlariga to‘liq mos keladi, bu o‘tkazilayotgan bitimlar samaradorligini eng yuqori darajaga ko‘taradi.
Bank tomonidan oliy toifadagi xorijiy moliyaviy tashkilotlar va O’zbekistonning yetakchi banklari bilan hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan. Shunday qilib Bank dunyoning barcha asosiy valyutalari bilan ishlagan holda konversiya bitimlarini xalqaro valyuta bozorining eng yaxshi kotirovkalari bo‘yicha haqiqiy vaqtlar rejimida amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Biz bilan hamkorlik qilish sizni yakka tartibdagi yondashuv, moslashuvchan baholash shartlari bilan kafolatlaydi hamda valyuta va foiz tavakkalchiliklarini xejirlash imkoniyati bilan ta’minlaydi.
- o‘tkazilayotgan
eksport-import valyuta amaliyotlarining amaldagi qonunlarga muvofiqligi va zarur bo‘lgan hollarda ro‘yxatga olish guvohnomalari yoki bildirish to‘g‘risidagi guvohnomalarining mavjudligini aniqlash; - to‘lovlarning asosliligini tekshirish;
eksport-import valyuta amaliyotlari bo‘yicha hisobning to‘laligi va haqqoniyligini tekshirish.