Kichik biznesni moliyalashtirish dasturi doirasida bank sizning e’tiboringizga biznes uchun keng ko‘lamdagi kreditlarni taklif etadi.
Kreditlarimizning turlari biznesni rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan masalalarni hal qilishga imkon beradi.
Kredit taqdim etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda Ipoteka-bank mijozning haqiqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Bunda e’tibor rasmiy ko‘rsatkichlarga emas, balki moliyalashtirish nazarda tutilgan biznesning rivojlanish istiqbollariga qaratiladi.
Har bir shaxsga bo‘lgan alohida yondashuv Ipoteka-bankka kichik biznes sub’ektlari uchun eng qulay shartlarda kreditlarni taklif qilishga imkon beradi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bozor kon’yunkturasi va qarzdorning moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi. Foizlar kredit qarzdorligining qolgan qismiga hisoblanadi, bu mijozlarga qo‘shimcha xarajatlar amalga oshirmaslikka imkon beradi.
«J-USBP» Yaponiya-O‘zbekiston kichik biznesni qo‘llab quvvatlash dasturlari doirasidagi kreditlar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lib, yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub’ektlar sifatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga beriladi.
Ushbu dastur bo‘yicha kreditlash bir nechta ustunliklarga ega:
- kreditni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan xujjatlarning kamligi;
- kreditni qisqa muddatlarda rasmiylashtirish.
Kredit maqsadi |
Asosiy vositalar sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
Valyuta |
Milliy yoki xorijiy valyutada (ajratilgan xorijiy valyutani mijozning talabiga ko‘ra so‘mga konvertatsiya qilib, mamlakat ichidagi to‘lovlarni moliyalashtiriladi) |
Kredit foizi yillik |
- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish* uchun 18 oygacha milliy valyutada yillik 26 foiz, xorijiy valyutada yillik 14 foiz**; - Aylanma mablag‘larni to‘ldirish* uchun 36 oygacha milliy valyutada yillik 28 foiz, xorijiy valyutada yillik 14 foiz**; - Asosiy vositalar sotib olish uchun yillik 27 foiz |
Kredit muddati |
Yopiq kredit liniyasi orqali asosiy vositalar sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 36 oygacha |
Kredit ajratilish shakli |
Naqd pulda va pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Kredit maksimal summasi |
Filialga belgilangan limitga asosan (Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun naqd pulda 600,0 mln.so‘mgacha) |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 3 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 6 oygacha belgilanishi mumkin. Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) Kredit qaytarish grafigi mijoz hohishiga ko‘ra Annuitet yoki kamayib boruvchi usulda hisoblanadi. |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan mol-mulk garovi |
Qo‘shimcha shartlar |
Yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan mijozlarni rag‘batlantirish maqsadida kamida 2 marta dastur bo‘yicha kredit olib, o‘z vaqtida kredit foizlarni va asosiy qarzni qaytargan taqdirda olinadigan navbatdagi 3-kredit uchun kreditga yillik foiz stavka 1 foizga pasaytirilishi mumkin. (Mazkur shart Avtokredit mahsulotiga qo‘llanilishi mumkin.) Ushbu kredit mahsuloti o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan (qurilish, issiqxona, baliqchilik, XUJMSh, ko‘chatchilik va boshqa spesifik) sohalarga moliyalashtirilmaydi. |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
*Naqd pulda 1 foiz naqd pulni qayta sanash komissiyasi undiriladi.
**Xorijiy valyutada faqatgina yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun.
Kredit maqsadi |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalar sotib olish uchun hamda lizing, faktoring, savdoni moliyalashtirish, bank kafolati va boshqa kredit xizmatlari |
Kredit maksimal summasi |
Mijoz loyihasidan kelib chiqib belgilanadi |
Valyuta |
Milliy va xorijiy valyutada |
Kredit foizi yillik |
- Milliy valyutada aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik - Milliy valyutada asosiy vositalar sotib olish uchun yillik 26 foiz*; - Xorijiy valyutada yillik 14 foiz*; - Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kreditlar bo‘yicha foiz harajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish nazarda tutilgan hollarda milliy valyutadagi kreditlar yillik 22,5 foiz stavkada 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli, 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-sonli farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 avgustdagi 428-son qarori talablariga muvofiq ajratiladi |
Bosh kelishuvga asosan kredit liniyasi muddati |
36 oygacha |
Kredit muddati |
- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilganda 12 oygacha bo‘lgan muddatga ajratiladi (keyingi davrlarda qayta o‘zlashtirish sharti bilan 36 oygacha)*; - Asosiy vositalar sotib olish uchun 36 oygacha* |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Kreditni qaytarish tartibi |
Imtiyozli davr shartnoma va qo‘shimcha shartnomalarga asosan asosiy vosita sotib olish uchun ajratilgan mijoz majburiyatlariga ko‘pi bilan 6 oy. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 3 oygacha imtiyozli davr berilishi mumkin. Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi –to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin)* Kredit qaytarish grafigi mijoz hohishiga ko‘ra Annuitet yoki kamayib boruvchi usulda hisoblanadi |
Kredit ta’minoti |
Likvidli mol-mulk garovi asosida |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
- Doimiy pul oqimiga ega bo‘lgan, moliyaviy barqaror mijozlariga kredit xizmatlarini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi; - Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi; - Mazkur kredit turi bankimizda asosiy hisobvarag‘ini ochgan holda faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ajratiladi;
- Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushadigan mijozlar “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi hamda Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasining - Bosh kelishuvda barcha kredit xizmatlari (lizing, faktoring, savdoni moliyalashtirish, bank kafolati va boshqa kredit xizmatlari) ko‘rsatilishi mumkin; - Har bir liniya doirasida mijoz bilan alohida kredit shartnomasi imzolanadi; - Liniya doirasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit qisqa muddatli bir nechta ssuda hisobvaraqlari orqali ajratiladi. Mijoz dastlabki shartnomaga asosan ajratilgan kredit mablag‘laridan eng kamida 3 oy foydalanganidan so‘ng keyingi shartnoma imzolanib kredit ajratiladi (bunda, dastlabki shartnomaga asosan ajratilgan kredit mablag‘larini to‘liq so‘ndirish talab etilmaydi). Qo‘shimcha tuziladigan kredit shartnoma summasiga undan oldingi shartnomaga asosan ajratilgan kreditning to‘lovi amalga oshirilgan qismi asos bo‘ladi. Liniya doirasida mijozga taqdim etilayotgan bank mahsulotlarining umumiy summasi va muddati bosh kelishuv summasi hamda muddatidan oshib ketmasligi shart |
*Lizing, faktoring, savdoni moliyalashtirish, bank kafolati va boshqa kredit xizmatlari kredit mahsulotlari katalogi hamda pasportidagi shartlar asosida amalga oshiriladi.
Kredit maqsadi |
Uy-joy, ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun |
Kredit maksimal summasi |
Mijoz loyihasidan kelib chiqib belgilanadi |
Valyuta |
Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
26 foiz (Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kreditlar bo‘yicha foiz harajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish nazarda tutilgan hollarda milliy valyutadagi kreditlar yillik 22,5 foiz stavkada 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli, 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-sonli farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 avgustdagi 428-son qarori talablariga muvofiq ajratiladi) |
Moliyalashtirish manbasi |
Bank o‘z mablag‘i hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
Kredit muddati |
24 oygacha |
Kredit liniyasi |
Yopiq |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan. |
Kreditni qaytarish tartibi |
Imtiyozli davr qurilish davridan kelib chiqib 18 oygacha belgilanishi mumkin. Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushadigan mijozlar mazkur qo‘shma yig‘ilish bayonining 5-7-bandlaridagi shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin |
Mijoz |
Yuridik shaxslar hamda yuridik maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari |
Kredit maqsadi |
Quyosh panellarini o‘z ehtiyoji uchun o‘rnatuvchi hamda energiya tejamkor qurilmalar yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitgichlari, shamol generatorlari, quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalari. Zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar, asbob-uskunalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqarish, energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligi bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish, binolar va ko‘p kvartirali uylarda, aholining yer uchastka xonadonlarida energiya samarador texnologiyalar va tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etgan holda ularning energiya samaradorligini oshirish, shu jumladan, issiqlik himoyasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, quyosh panellaridan foydalangan holda elektromobillarni zaryadlash stansiyalari o‘rnatish loyihalarini moliyalashtirish |
Kredit maksimal summasi |
Mijoz so‘roviga asosan |
Valyuta |
Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
23,99 foiz (Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kreditlar bo‘yicha foiz harajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish nazarda tutilgan hollarda milliy valyutadagi kreditlar yillik 22,5 foiz stavkada 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli, 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-sonli farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 avgustdagi 428-son qarori talablariga muvofiq ajratiladi) |
Kredit muddati |
60 oygacha |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib, imtiyozli davrni 1 yilgacha belgilanishi mumkin Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) Kredit qaytarish grafigi mijoz hohishiga ko‘ra Annuitet yoki kamayib boruvchi usulda hisoblanadi. |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomiga asosan amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
Loyihada mijozning o‘z ulushi 30% pul ko‘rinishidagi ishtiroki talab etilmaydi |
Mijoz |
Yuridik shaxslar hamda yuridik maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari |
Kredit maqsadi |
O‘z extiyoji uchun birlamchi yoki ikkalamchi bozordan yengil avtotransport vositalari va elektromobillar sotib olish uchun |
Valyuta |
Milliy valyutada va xorijiy valyutada |
Kredit muddati |
- 48 oygacha - Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushadigan mijozlatga 60 oygacha |
Kredit foizi yillik |
- Milliy valyutada – 26 foiz, xorijiy valyutada – 14 foiz - Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushadigan mijozlatga milliy valyutada – 23,99 foiz, xorijiy valyutada – 11,99 foiz |
Kredit ajratilish shakli |
Birlamchi bozordan - pul o‘tkazish yo‘li bilan; Ikkilamchi bozordan - sotuvchining plastik kartasiga, hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Kredit maksimal summasi |
Transport vositasi narhidan kelib chiqib belgilanadi 1,5 mlrd so‘mdan oshmagan holda |
Kreditni qaytarish tartibi |
Imtiyozli davrni loyihadan kelib chiqib, 6 oygacha belgilanishi mumkin. Bunda ikkilamchi bozor uchun 3 oygacha belgilanishi mumkin. Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi Kredit qaytarish grafigi mijoz hohishiga ko‘ra Annuitet yoki kamayib boruvchi usulda hisoblanadi. |
Kredit ta’minoti |
- Kamida 30% boshlang‘ich badal kiritilganda, kredit hisobiga sotib olinayotgan yengil avtomashinalar garovi ostida. Asosiy ta’minot rasmiylashtirilgunga qadar ta’minot sifatida kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi olinishi mumkin (birlamchi bozor uchun); - Kamida 36% boshlang‘ich badal kiritilganda, kredit hisobiga sotib olinayotgan ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yengil avtomashinalar garovi ostida. Asosiy ta’minot rasmiylashtirilgunga qadar, ta’minot sifatida kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi olinishi mumkin (ikkilamchi bozor uchun); - Kamida 40% boshlang‘ich badal kiritilganda, kredit hisobiga sotib olinayotgan ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan yengil avtomashinalar garovi ostida. Asosiy ta’minot rasmiylashtirilgunga qadar, ta’minot sifatida kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi olinishi mumkin (ikkilamchi bozor uchun); - Kamida 52% boshlang‘ich badal kiritilganda, kredit hisobiga sotib olinayotgan ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan yengil avtomashinalar garovi ostida. Asosiy ta’minot rasmiylashtirilgunga qadar ta’minot sifatida kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi olinishi mumkin (ikkilamchi bozor uchun); - Elektromobil avtotransport vositasi sotib olish uchun, kamida 50% boshlang‘ich badal kiritilganda kredit hisobiga sotib olinayotgan yengil avtomashinalar garovi ostida. Asosiy ta’minot rasmiylashtirilgunga qadar ta’minot sifatida kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi olinishi mumkin (birlamchi bozor uchun); - Boshlang‘ich badalsiz bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ko‘char va ko‘chmas mulk (turar va noturar joy) va tilla buyumlar garovi ostida |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
- Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushadigan mijozlar “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi hamda Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasining 2023 yil 16 yanvardagi 9-sonli qo‘shma yig‘ilish bayonining 5-bandlaridagi shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin; - Xorijiy valyutada kreditlar xorijdan yangi (oldin foydalanishda bo‘lmagan) elektromobillar sotib olish uchun ajratiladi; - Ikkilamchi bozordan avtokredit ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtotransport vositalariga ajratiladi; - Ushbu kredit mahsuloti asosiy vositalar sotib olish tadbiq qilinmaydi; - Ushbu kredit mahsuloti J-USBP dasturi doirasidagi kreditlar uchun ham tadbiq etiladi |
Mijoz |
Yuridik shaxslar hamda yuridik maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari |
|||||||||||||
Kredit maqsadi |
“KIA”, “RENAULT” rusumli avtotransport vositalarini sotib olish uchun |
|||||||||||||
Valyuta |
Milliy valyutada |
|||||||||||||
Kredit muddati (Oygacha) |
7/8* |
12 |
24 |
36 |
48 |
60** |
||||||||
Boshlang‘ich badal (%) |
50 |
50 |
30 |
40 |
50 |
30 |
40 |
50 |
30 |
40 |
50 |
30 |
40 |
50 |
Kredit foizi yillik (%) |
0*** |
9 |
22 |
21 |
18 |
23,99 |
23 |
21 |
25 |
23,99 |
22 |
- |
- |
- |
Toifaga tushgan mijozlarga kredit foizi (%) |
0*** |
7 |
18,5 |
17,5 |
16,5 |
21 |
20 |
19 |
22 |
21 |
20,5 |
22 |
22 |
21,5 |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
|||||||||||||
Kredit maksimal summasi |
Transport vositasi narhidan kelib chiqib belgilanadi |
|||||||||||||
Kreditni qaytarish tartibi |
3 oygacha imtiyozli davr belgilanishi mumkin, Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. |
|||||||||||||
Kredit ta’minoti |
a) Kredit xisobiga sotib olinayotgan yengil avtomashinalar garovi ostida. Asosiy ta’minot rasmiylashtirilgunga qadar ta’minot sifatida kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi olinishi mumkin. b) Ko‘char va ko‘chmas mulk (turar va noturar joy) va tilla buyumlar va deposit mablag‘lari garovi ostida. |
|||||||||||||
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
|||||||||||||
Qo‘shimcha shartlar |
Ushbu kredit mahsuloti J-USBP dasturi doirasidagi kreditlar uchun ham tadbiq etiladi.
|
*Platinum, Gold, Silver plus va Silver toifalariga tushadigan mijozlarga kredit muddati 8 oygacha belgilanishi mumkin;
**Faqat Platinum va gold toifasiga tushadigan mijozlarga.
***Muddati o’tgan kredit qarzdorligi uchun foiz yillik 10,8%dan hisoblanadi.
Ushbu mahsulot “Ipoteka-bank” ATIB va “Roodell” MCHJ bilan imzolangan bosh kelishuvga asosan KIA, RENAULT rusumli avtotransport sotib olish uchun shartnoma hisobvarag’i “Ipoteka-bank” ATIBda ochilgan diler tomonidan berilganda amal qiladi.
Mijoz |
Eksport qiluvchi tashkilot bo‘lib, ya’ni O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo bitimlari (kontrakt, invoys) tuzgan tadbikorlik sub’ektlari hisoblanadi |
Kredit maqsadi |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
Kredit maksimal summasi |
Bir vaqtda bir tadbirkorlik sub’ekti uchun 1 million AQSh dollari ekvivalentigacha* |
Valyuta |
AQSh dollari (ajratilgan valyutani mijozning talabiga ko‘ra so‘mga konversiya qilib, mamlakat ichidagi to‘lovlarni moliyalashtirish mumkin) |
Kredit foizi yillik |
Xorijiy valyutada – 4 foiz |
Moliyalashtirish manbasi |
Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan |
Kredit liniyasi |
Yopiq va ochiq |
Kredit muddati |
12 oygacha* |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan. (Eksportga mahsulot yig‘ish va tayyorlash maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun naqd pulda ajratilishi mumkin) |
Kreditni qaytarish tartibi |
Asosiy qarzni uchinchi oydan qaytarish sharti bilan, foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) |
Kredit ta’minoti |
Likvid ta’minot (ko‘chmas mulk, maxsus texnikalar, transport vositalari, tilla buyumlar, depozit mablag‘lari va boshqa likvid ta’minot) garovi, taqdim etilgan xorijiy bank kafolati ta’minoti ostida |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning amaldagi Kreditlash Nizomi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
Ushbu kredit eksport bilan shug‘ulanuvchi tashkilotlarga ajratiladi. Eksport qiluvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan eksport shartnomalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrdagi PF–5587-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi xom-ashyo tovarlar eksportini amalga oshirilishi nazarda tutilmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan eksport faoliyatini olib borayotgan yoki uni boshlash istagidagi tadbirkorlik sub’ektlari, tugatilish bosqichida bo‘lmagan, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi bo‘lmagan, ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘zg‘atilmagan hamda nizomda belgilangan boshqa talablarga rioya qiladigan qarz oluvchilarga amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi PF-6091-son Farmoniga muvofiq agentlik tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditlarning ma’lum bir qismi belgilangan muddatlarda so‘ndirilgan taqdirda, tadbirkorlik sub’ektlariga kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratiladi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiyalar taqdim etilmaydi. |
*eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga quyidagi shartlarda taqdim etiladi:
- moliyaviy resurslarni taqdim etish moliyalashtirish turlari bo‘yicha mablag‘larni bir vaqtda bir tadbirkorlik sub’ekti uchun 1 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda (bunda oxirgi 12 oyda 20 million AQSh dollaridan ko‘p miqdorda eksportni amalga oshirgan eksport qiluvchi uchun 5 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda);
- ushbu resurslar hisobidan revolver kreditlari to‘lovlar kechiktirilgan muddatga va eksport qilinayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, har 12 oygacha kreditni so‘ndirish sharti bilan 36 oygacha bo‘lgan muhlatga taqdim etiladi.
- agarda mijozga ajratilgan Agentlik resurslari kredit muddatini qayta ko‘rib chiqish holatlarida Agentlikning ruxsati olinganidan so‘ng, amalga oshirilishini alohida qayd etish lozim. Shuningdek, ajratilgan Agentlik resurslari kredit muddatini qayta ko‘rib chiqishga Agentlik ruxsat etilmagan hollarda kredit foiz stavkasini amaldagi aylanma mablag‘ uchun foiz stavkada ko‘rib chiqiladi.
Kredit maqsadi |
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 yanvardagi 46-son qaroriga asosan Qurilish tashkilotlarining davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tender savdolarida ishtirok etishi uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirish |
Mijoz |
Shaffof qurilish reytingini olgan tashkilotlar |
Valyuta |
Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
26 foiz |
Resurs jalb qilish xarajatini qoplash |
Belgilanmagan |
Kredit muddati |
Bosh kelishuv asosida 12 oygacha* (bitta mijozga ushbu pasport doirasida ajratilgan barcha ssuda hisobvaraqlar muddati bosh kelishuv muddatidan ko‘p bo‘lmasligi zarur) |
Moliyalashtirish manbasi |
Bank o‘z mablag‘i hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
Kredit liniyasi |
Yopiq kredit liniyasi |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan (Platforma operatorining (buyurtmachi tashkilotining) hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali) |
Kredit maksimal summasi |
Mijoz so‘roviga asosan (Ob’ektning boshlang‘ich narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash) |
Kreditni qaytarish tartibi |
Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – tender yakunlanib, g‘olib aniqlangandan so‘ng elektron tender savdolari platformasidan qaytgan mablag‘ hisobiga ssuda hisobvarag‘i so‘ndirishi talab etiladi. Asosiy qarz to‘lovini so‘ndirilishi quyidagi tarzda amalga oshiriladi: D-t – ...... “elektron tender savdolari platformasi hisobvarag‘i” K-t – ...... “tashabbuskor ssuda hisobvarag‘i” |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Talab etiladigan hujjatlar |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomiga asosan amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushadigan mijozlar mazkur qo‘shma yig‘ilish bayonining 5-bandidagi shartlar asosida amalga oshiriladi. Ammo bir martalik resurs jalb qilish komissiyasi undirilmaydi |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 yanvardagi 46-sonli “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi |
* Kredit xujjatlarini 12 oy muddatga rasmiylashtirilib, yil davomida qo‘shimcha kredit shartnomasiga asosan qayta tenderda ishtirok etishi mumkin. Har safar tender yakunlangandan so‘ng kredit foizi va asosiy qarz to‘lovi to‘liq so‘ndiriladi.
Mijoz |
Yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari (Platinum, Gold, Silver plyus, Silver toifasiga tushgan mijozlar) |
Kredit maqsadi |
Yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun |
Kredit maksimal summasi |
2,0 mlrd.so‘m ekvivalentidan oshmagan miqdorda |
Valyuta |
Milliy va xorijiy valyutada |
Kredit foizi yillik |
- Milliy valyutada yillik 23,99 foiz; - Xorijiy valyutada yillik 11,99 foiz |
Moliyalashtirish manbasi |
Bank o‘z mablag‘i hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
Kredit shartnoma muddati |
36 oygacha (Bosh kelishuv asosida) |
Kredit muddati |
12 oygacha, qayta tiklanadigan (ochiq) kredit liniyasi orqali amalga oshiriladi |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Har oylik to‘lov grafigi |
O‘rnatilmaydi (ko‘zda tutilmagan) |
Kreditni qaytarish tartibi |
Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘liq so‘ndirmasdan asosiy qarzni to‘lash majburiyatlari kredit muddatining oxirgi 3 oyida amalga oshiriladi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
- Qo‘shimcha tuziladigan kredit shartnoma summasiga undan oldingi shartnomaga asosan ajratilgan kreditning to‘lovi amalga oshirilgan qismi asos bo‘ladi; - Revolver krediti ajratilganda, mijoz kredit shartnomasida belgilangan hajmda kredit mablag‘larini bir yilda 3 marotabadan ortiq so‘ndirib qayta o‘zlashtirgan taqdirda, kredit liniyasi mablag‘laridan navbatdagi foydalanishida yangi o‘zlashtiriladigan kredit summasidan mijoz bilan bank hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda to‘lov (debet aylanmasi uchun) undiriladi; - Ikkilamchi hisobvaraq orqali kredit ajratilmaydi |
Milliy valyutada
Kredit maqsadi |
Asosiy vositalar sotib olish (shu jumladan, bino-inshoot qurilishi rekonstruksiyasi, kapital ta’mirlash) va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
Valyuta |
Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
- Asosiy vositalar sotib olish (shu jumladan, bino-inshoot qurilishi rekonstruksiyasi, kapital ta’mirlash) uchun 26 foiz; - Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 26 foiz; - Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kreditlar bo‘yicha foiz harajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish nazarda tutilgan hollarda milliy valyutadagi kreditlar yillik 22,5 foiz stavkada 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli, 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-sonli farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 avgustdagi 428-son qarori talablariga muvofiq ajratiladi |
Kredit muddati |
- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18* oygacha; - Asosiy vositalar (shu jumladan, bino-inshoot qurilishi rekonstruksiyasi, kapital ta’mirlash) sotib olish uchun 36 oygacha |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Kredit maksimal summasi |
Mijoz loyihasidan kelib chiqib belgilanadi |
Kreditni qaytarish tartibi |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun imtiyozli davr 3 oygacha** va asosiy vositalar sotib olish uchun imtiyozli davrni 6 oygacha belgilanishi mumkin (loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni boshqacha belgilanishi mumkin). Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatga taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) Kredit qaytarish grafigi mijoz hohishiga ko‘ra Annuitet yoki kamayib boruvchi usulda hisoblanadi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Qo‘shimcha shartlar |
Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushadigan mijozlar “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi hamda Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasining 2023 yil 16 yanvardagi 9-sonli qo‘shma yig‘ilish bayonining 5-7-bandlaridagi shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi |
*Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushgan mijozlarga kreditlar 24 oygacha ajratilishi mumkin;
**Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushgan mijozlarga 6 oygacha imtiyozli davr belgilanishi mumkin.
Xorijiy valyutada
Kredit maqsadi |
Asosiy vositalar sotib olish uchun va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
Valyuta |
AQSH dollarida |
Kredit foizi yillik |
- Asosiy vositalar sotib olish uchun 14 foiz; - Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 13 foiz |
Kredit muddati |
- Asosiy vositalar sotib olish uchun 36 oygacha; - Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18* oygacha |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Kredit maksimal summasi |
Mijoz loyihasidan kelib chiqib belgilanadi |
Kreditni qaytarish tartibi |
- Asosiy vositalar sotib olish uchun imtiyozli davr 6 oygacha belgilanishi mumkin (loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni boshqacha belgilanishi mumkin). - Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun imtiyozli davr 3 oygacha **. Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatga taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) Kredit qaytarish grafigi mijoz xoxishiga ko‘ra Annuitet yoki kamayib boruvchi usulda hisoblanadi. |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Qo‘shimcha shartlar |
Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushadigan mijozlarga kredit “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi hamda Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasining 2023 yil 16 yanvardagi 9-sonli qo‘shma yig‘ilish bayonining 5-bandiga asosan amalga oshirilishi mumkin. Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
*Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushgan mijozlarga kreditlar 24 oygacha ajratilishi mumkin;
**Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushgan mijozlarga 6 oygacha imtiyozli davr belgilanishi mumkin.
Mijoz |
- PQ-104-sonli (PQ-5113, PQ-4752) qarorga asosan xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi doirasida manzilli ro‘yxatga kiritilgan, xizmatlar soxasidagi faoliyatni tashkil qilish yoki kengaytirish, tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi; - PQ-212-sonli va PQ-232-sonli qarorga asosan dastur doirasida manzilli ro‘yxatga kiritilgan hududlardagi tadbirkorlik sub’ektlari - 68-sonli bayonga asosan Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdagi tadbirkorlik sub’ektlari |
Kredit maqsadi |
- PQ-104-sonli (PQ-5113, PQ-4752) qarorga asosan asosiy vosita sotib olish, shakllantirishga (jumladan, bino-inshoot qurilishi rekonstruksiyasi, kapital ta’mirlash uchun); - PQ-212-sonli qarorga asosan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun* - PQ-232-sonli qarorga asosan turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun; - 68-sonli bayonga asosan oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari, avtokempinglar majmuasi, ekouylar majmuasi, konteynerli shaharcha, chodirli lagerlarni tashkil etish uchun |
Kredit maksimal summasi |
- PQ-104-sonli (PQ-5113, PQ-4752) qarorga asosan bitta loyiha bo‘yicha 2,0 milliard so‘mgacha; - PQ-212-sonli qarorga asosan 5,0 milliard so‘mgacha** - PQ-232-sonli qarorga asosan 5,0 milliard so‘mgacha - 68-sonli bayonga asosan oilaviy mehmon uylari (50 mln.so‘mgacha), xostellar (l mlrd.so‘mgacha), o‘tov lagerlari majmuasi (300 mln.so‘mgacha), avtokempinglar (3 mlrl.so‘mgacha), ekouylar majmuasi (300 mln.so‘mgacha), konteyner shaharchalar (600 mln.so‘mgacha) va chodirli lagerlar (60 mln. so‘mgacha) |
Valyuta |
Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
- PQ-104-sonli qarorga asosan “O‘zmilliybank” AJdan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan milliy valyutada yillik 21 foiz; - PQ-104-sonli (PQ-4752) qarorga muvofiq avval ajratilgan kreditlarning so‘ndirilgan qismi hisobidan milliy valyutada yillik 14 foiz; - PQ-212/232-sonli qarorlarga asosan milliy valyutada yillik 14 foiz; - 68-sonli bayonga asosan PQ-5113 va PQ-4752-sonli qarorlarga muvofiq avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning qaytarilishi hisobidan shakllangan mablag‘lar hisobidan 14 foiz. |
Moliyalashtirish manbasi |
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, PQ-4752, PQ-5113-sonli qarorlarga muvofiq avval ajratilgan kreditlarning so‘ndirilgan qismi hamda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
Kredit liniyasi |
Yopiq |
Kredit muddati |
- PQ-104-sonli qarorga asosan “O‘zmilliybank” AJdan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan kredit muddatini 60 oygacha belgilanishi mumkin, biroq kreditning oxirgi muddati 2027 yil 26 maydan oshmasligi lozim;
- PQ-104-sonli (PQ-4752) qarorga muvofiq avval ajratilgan kreditlarning so‘ndirilgan qismi hisobidan ajratiladigan kreditlar - PQ-212/232-sonli qarorlarga asosan 60 oygacha; - 68-sonli bayonga asosan PQ-5113 va PQ-4752-sonli qarorlarga muvofiq avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning qaytarilishi hisobidan shakllangan mablag‘lar hisobidan 60 oygacha belgilanishi mumkin, biroq PQ-5113-sonli qarorga asosan kreditning oxirgi muddati 2028 yil 15 iyundan, PQ-4752-sonli qarorga asosan kreditning oxirgi muddati 2027 yil 25 iyundan oshmasligi lozim |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Kreditni qaytarish tartibi |
PQ-104-sonli (PQ-5113, PQ-4752) qaror va 68-sonli bayonga asosan imtiyozli davr 12 oygacha, PQ-212/232-sonli qarorlarga asosan 24 oygacha belgilanishi mumkin. Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning amaldagi Kreditlash Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-212-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-sonli qarori, “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni tashkil etish va amalga oshirish to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-104-sonli "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yildagi PQ-232-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 19 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishining 68-sonli bayoni asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
- PQ-4752, PQ-5113-sonli qarorlarga muvofiq avval ajratilgan kreditlarning so‘ndirilgan qismi hisobidan hamda PQ-212/232-sonli qarorlarga asosan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kompensatsiyalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- PQ-104-sonli qarorga asosan “O‘zmilliybank” AJdan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kreditlar bo‘yicha foiz harajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish nazarda tutilgan hollarda milliy valyutada yillik - Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya va kafillik berish 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli, 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-sonli farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 avgustdagi 428-son qarori talablariga muvofiq taqdim qilinadi;
- PQ-212-sonli qarorga asosan kredit liniyasi mablag‘larining kamida - Loyihada mijozning o‘z ulushi 30% pul ko‘rinishidagi ishtiroki talab etilmaydi; - PQ-212-sonli qarori doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning ishlab chiqarish binolarini qurish (sotib olish) uchun zarur mablag‘larning 30 foizi ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin; - Avval PQ-5113-sonli hamda PQ-4752-sonli qarorlarga asosan kredit mablag‘lari ajratilgan tadbirkorlik sub’ektlariga PQ-212-sonli qarorga muvofiq kredit mablag‘i ajratilmaydi |
* Qurilish, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalarni, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish holatlari mustasno;
** Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyat davri 6 oygacha bo‘lganda 1 milliard so‘mgacha, 6 oydan 1 yilgacha bo‘lganda 2 milliard so‘mgacha, 1 yildan 2 yilgacha bo‘lganda 3 milliard so‘mgacha, 2 yildan 3 yilgacha bo‘lganda 4 milliard so‘mgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi.
Kredit maqsadi |
– aylanma mablag‘larni to‘ldirishga (omuxta еm, mineral o‘g‘it, chavoq, tovar baliq sotib olish va boshqalar); – baliqchilik yo‘nalishida inkubatsiya sexi va reproduktorlar tashkil qilish; – ona baliqlar to‘dasini shakllantirish; – tabiiy suv havzalarida ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan baliqchilik xo‘jaliklari moddiy texnika bazasini tashkil etish, takomillashtirish; – sun’iy suv havzalarini barpo qilish (qazish), ta’mirlash; – baliq mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish uchun bino-inshootni qurish, ta’mirlash, sotib olish; – ozuqa-yem mahsulotlari ishlab chiqarilishi uchun bino-inshoot va texnologiyalar sotib olishga; – ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalar sotib olish, ta’mirlash; – asosiy vositalarni sotib olishga (uvildiriq olish maqsadida ona baliqlarni sotib olish, qafas (sadok) moslamasini sotib olish, yasash uchun materiallar, yopiq aylanma suv qurilmalari (UZV) yaratish, maxsus texnika, qayiq, to‘r moslamalari, baliq boqish basseynlari va baliqchilikni rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa asosiy vositalarni sotib olishga); – kichik suv xavzalarini (basseynlar) qurish; – maxsus transport vositalarini xarid qilishga, ular xizmatidan foydalanishga; – muzlatkich, shok usulda muzlatish uskunalarini sotib olish va o‘rnatishga; – baliqchilik sohasida to‘liq tizimli (inkubatsiya sexi, chavoq va baliq еtishtirish, yuqori oqsilli baliq еmi, qayta ishlash va saqlash) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlarini tashkil etishga; – amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra taqiqlanmagan baliqchilik sohasi bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarga |
Valyuta |
Milliy yoki xorijiy valyutada |
Kredit maksimal summasi |
Mijoz loyihasidan kelib chiqib |
Moliyalashtirish manbasi |
Bank o‘z mablag‘i hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
Kredit foizi hamda |
- Milliy valyutada yillik 22%; - Xorijiy valyutada yillik 11,99% |
Kredit muddati |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish 18 oygacha, asosiy vosita sotib olishga, sun’iy suv havzalarini barpo qilish (qazish) va ta’mirlash uchun 36 oygacha. (yopiq aylanma suv qurilmalari (UZV) va intensiv basseynlar tashkil etishga, intensiv usulda baliq еtishtirish uskunalari sotib olishga, baliq mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish uchun texnika va texnologiyalar sotib olish bo‘yicha taqdim qilingan investitsion loyihalarga 60 oygacha) |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Kredit liniyasi |
Yopiq va ochiq kredit liniyasi |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 6 oygacha, asosiy vosita sotib olish uchun 12 oygacha imtiyozli davr belgilanishi mumkin. Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-sonli “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
1. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratilganda soddalashtirilgan biznes – reja (5 varaqdan iborat) so‘raladi; 2. Loyihada mijozning o‘z ulushi 30% pul ko‘rinishidagi ishtiroki talab etilmaydi; 3. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kreditlar bo‘yicha foiz harajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish milliy valyutadagi kreditlar yillik 22,5% stavkada ajratiladi |
Mijoz |
Ipoteka bankda asosiy hisobvarag‘iga ega, faoliyat yuritayotganiga kamida 6 oy bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yuridik maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari |
Kredit maqsadi |
Asosiy vositalar sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
Valyuta |
Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
Yillik 27 foiz |
Resurs jalb qilish xarajatini qoplash |
Undirilmaydi |
Kredit muddati |
36 oygacha |
Moliyalashtirish manbasi |
Bank o‘z mablag‘i hisobidan |
Kredit liniyasi |
Yopiq kredit liniyasi |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan (YaTTlar naqd, plastik kartaga yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan olishi mumkin) |
Kredit maksimal summasi |
500,0 mln.so‘mgacha |
Kreditni qaytarish tartibi |
Imtiyozli davrni 6 oygacha belgilanishi mumkin. Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) Kredit qaytarish grafigi mijoz hohishiga ko‘ra Annuitet yoki kamayib boruvchi usulda hisoblanadi |
Taqdim etiladigan hujjatlar |
1) Ariza; 2) Ta’sis hujjatlari va kredit olish bo‘yicha ta’sischilar qarori; 4) Agar asosiy vositalar sotib olinadigan bo‘lsa oldi-sotdi shartnomasi; 3) Ta’minot hujjatlari (agar garovni egasi yuridik shaxs hisoblansa garovga qo‘yish bo‘yicha ta’sischilar qarori ва ta’sis hujjatlari). |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan (Toshkent shahri va Samarqand shahrida joylashgan) turar va noturar joylar garovi ostida |
Qo‘shimcha shartlar |
- Loyihada mijozning pul ko‘rinishidagi 30% o‘z ulushi talab etilmaydi; - Bir mijozni 1 tadan ko‘p universal modulli kredit qoldig‘i bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi (Bunda navbatdagi universal kredit mahsulotidan foydalanish uchun avval aynan shu mahsulot bo‘yicha krediti to‘liq so‘ndirilgan bo‘lishi shart). Ushbu mahsulotdan takroran foydalanishni nazorat qilish Biznes blok tomonidan amalga oshiriladi; - Kreditlash nizomining 12, 39, 143 bandlari ushbu mahsulot ajratilishida tatbiq etilmaydi; - Ushbu kredit mahsuloti Toshkent shahri va Samarqand shahridagi barcha filiallar tomonidan amalga oshiriladi |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Yuridik shaxslarni aylanma mablagʼlarni toʼldirish maqsadida kreditlash uchun talab qilinadigan hujjatlar roʼyhati:
1. Аriza;
2. Kredit oluvchining vakolatli organining kredit olish boʼyicha yigʼilish qarori. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga qarz oluvchining taʼsis hujjatlari nusxasi (litsenziya);
3. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari;
4. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma;
5. Biznes - reja (soddalashtirilgan).
6. Taʼminot hujjatlari.
Yuridik shaxslarni asosiy vositalar sotib olish va qurilish/rekonstruktsiya maqsadida kreditlash uchun talab qilinadigan hujjatlar roʼyhati:
1. Аriza;
2. Kredit oluvchining vakolatli organining kredit olish boʼyicha yigʼilish qarori. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga qarz oluvchining taʼsis hujjatlari nusxasi (litsenziya);
3. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari;
4. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma;
5. Kredit hisobidan sotib olish uchun shartnoma (kontrakt)lar nusxalari;
6. Oʼz tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʼljallangan savdo, ishlab chiqarish joyi mavjudligi boʼyicha hujjatlar;
7. Biznes - reja yoki loyiha TIА(TEO)si;
8. Uskuna sotib olishga kredit ajratilganda, oʼxshash uskunaning taqqoslash tasnifi, raqobat varaqasi;
9. Koʼchmas mulk sotib olishga kredit ajratilganda, mulk huquqini tasdiqlovchi guvohnoma (hujjat);
10. Qurilish, kapital taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish boʼyicha qurilish-taʼmirlash ishlariga kredit ajratilganda, qurilish-taʼmirlashga doir barcha hujjatlar;
11. Taʼminot hujjatlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni kreditlash uchun talab qilinadigan hujjatlar roʼyhati:
1. Аriza;
2. Davlat roʼyhatidan oʼtganligi toʼgʼrisida guvohnoma nusxasi;
3. Kredit hisobidan sotib olish uchun shartnoma (kontrakt)lar nusxalari (savdo faoliyatidan tashqari);
4. Koʼchmas mulk sotib olishga kredit ajratilganda, mulk huquqini tasdiqlovchi guvohnoma (hujjat);
5. Uskuna sotib olishga kredit ajratilganda, oʼxshash uskunaning taqqoslash tasnifi, raqobat varaqasi;
6. Biznes – reja;
7. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma;
8. Taʼminot hujjatlari.
Ushbu roʼyxatlar kreditning berilishini koʼrib chiqish uchun zarur boʼlgan yakuniy roʼyxat hisoblanmaydi. Bank zurur hollarda ushbu loyiha yuzasidan boshqa har qanday hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
* Boshqa tijorat banklaridan asosiy yoki ikkilamchi hisobvaragʼi olib oʼtilgan mijozlar kamida 6 oy davomida bankimizda pul aylanmasiga ega boʼlganidan soʼng, ushbu mijozga kredit ajratilishi mumkin (hukumat qarorlari va davlat dasturlariga tushgan loyihalar boʼyicha ajratiladigan kreditlar, bir qarz oluvchi yoki oʼzaro aloqador qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlar, boshqa bankda boʼlgan paytida yomon kredit tarixiga ega boʼlmagan va oxirgi 6 oyda soʼralayotgan kredit boʼyicha har oylik asosiy qarz+foiz toʼlovlariga yetadigan pul tushumiga ega boʼlgan mijozlarga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno).