Faktoring — bu xoʼjalik yurituvchi subʼektlar-etkazib beruvchilarni ular yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovchilar tomonidan aktseptlangan, lekin ular tomonidan toʼlanmagan toʼlov talabnomalari boʼyicha toʼlov olish huquqini bankka — moliyaviy agentga regress huquqisiz oʼtkazib berishi evaziga moliyalashtirish boʼyicha bank xizmatining turidir.
Doimiy pul aylanmasiga ega boʼlgan ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish korxonalari uchun:
Faktoring miqdori – debitorlik qarzdorligi miqdorida
Faktoring muddati – 90 kungacha
Diskont - 10% dan kam bo'lmagan miqdorda
Faktoring maqsadi:
- debitor qarzdorlikni sotib olish uchun
Taqdim qilinadigan hujjatlar:
-
ariza;
-
biznes-reja;
-
moliyaviy natijalar toʼgʼrisida hisobot;
-
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va toʼlovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlar bajarish va xizmatlar koʼratish shartnomalari;
-
moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilganligi va xizmatlar koʼrsatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar
Faktoring taʼminoti:
-
mol-mulk yoki qimmatli qogʼozlar garovi;
-
uchinchi shaxslar kafilliklari;
-
depozit mablagʼlari garovi;
-
qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa taʼminot turlari