Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Welcome

"0,2% komissiya" har bir tranzaksiyada muvaffaqiyatga erishish yo'lidir

Batafsil

Faktoring

Faktoring bu xoʼjalik yurituvchi subʼektlar-etkazib beruvchilarni ular yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovchilar tomonidan aktseptlangan, lekin ular tomonidan toʼlanmagan toʼlov talabnomalari boʼyicha toʼlov olish huquqini bankka — moliyaviy agentga regress huquqisiz oʼtkazib berishi evaziga moliyalashtirish boʼyicha bank xizmatining turidir.

Doimiy pul aylanmasiga ega boʼlgan ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish korxonalari uchun:


Faktoring miqdori – debitorlik qarzdorligi miqdorida

Faktoring muddati – 270 kungacha

Diskont - 10% dan kam bo'lmagan miqdorda


Faktoring maqsadi:

  • debitor qarzdorlikni sotib olish uchun

 

Faktoring taʼminoti:

  • mol-mulk yoki qimmatli qogʼozlar garovi;

  • uchinchi shaxslar kafilliklari;

  • depozit mablagʼlari garovi;

  • qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa taʼminot turlari



Faktoring xizmatlari boʼyicha talab qilinadigan hujjatlar roʼyhati. 

1. Аriza - faktoring miqdori, foydalanish muddati, maqsadi, diskont miqdori hamda u haqidagi maʼlumotlarni kredit byurosi va garov reestriga berilishiga roziligi aks ettirilgan kredit buyutmanomasi.
2. Faktoring oluvchining vakolatli organi(taʼsischilari, aktsiyadorlar va kuzatuv kengashlari)ning faktoring olish boʼyicha yigʼilish qarori. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga qarz oluvchining taʼsis hujjatlari nusxasi.
3. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va toʼlovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlar bajarish va xizmatlar koʼrsatish shartnomasi shuningdek, moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilgani va xizmatlar koʼrsatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar (tovar-transport yukxatlari, ishonchnomalarning koʼchirma nusxalari, ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va hokazo). 
4. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari (1-son shakl: buxgalteriya balansi, 2-son shakl: moliyaviy natijalar toʼgʼrisida hisobot), zaruriyatga koʼra tezkor (operativ) moliyaviy maʼlumotlarini (1-;2-son shakllar) hamda 90 kundan oshgan qarzdorliklarning taqqoslash dalolatnomasi.
5. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma (mijozning hisobvaraqlardagi oxirgi 6 oylik aylanmasi, kredit tashkiloti (bank) oldidagi ssuda va boshqa qarzdorliklari, Kartoteka- qarzdorligi va pul qoldiqlari haqidagi maʼlumotlar koʼrsatiladi) va aylanmalardan koʼchirmalar ilova qilinadi.
6. Аgar taʼminot talab etilsa, taʼminot hujjatlari.