Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

G'aznachilik xizmatlari

Moliyaviy resurslarni yanada samarali boshqarish imkonini beradi

Batafsil

Bank kafolatlari

  • Bank korporativ mijozlarning arizasi asosida ularning biznes hamkorlari va boshqa moliya institulari oldidagi majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan to‘lov talabi qo‘yilganda belgilangan miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha yozma majburiyat berish orqali bank kafolati taqdim qiladi. Bank kafolati mijozlarning biznes hamkorlari uchun shartnoma shartlari bo'yicha majburiyatlarni bajarilishini kafolatlaydi. Bank kafolati bitimlarni yanada ishonchli qilib, biznes va moliyaviy munosabatlarni rivojlanishini ta'minlaydi.

  • Bank kafolatlarining asosiy turlariga toʻlov kafolatlari, shartnoma shartlarini bajarish kafolati, avans toʻlovlarini qaytarish kafolatlari, tender kafolatlari va bojxona to'lovlari kafolatlari kiradi.

Kelishuvning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi

Benefitsiar

Tovar va xizmatlar yetkazib beruvchi

Miqdori

Tuzilgan shartnomaga muvofiq

Valyuta

O‘zbek so‘mi, AQSh dollari, Euro

Davr

Shartnoma shartlariga muvofiq

Komissiya

Bankning foiz siyosatiga muvofiq

To'lov muddati

Kafolat muddati davomida har 3 oyda

Garov

Avtomobil, Ko'chmas mulk, Uskunalar


Kafolat olish uchun Mijoz tegishli hujjatlarni taqdim etishi kerak

  • Muddati o'tgan kreditorlik qarzining yo'qligi

  • Oxirgi uch moliyaviy yil uchun ijobiy auditorlik xulosasiga

  • Ijobiy kredit tarixi

Kafolat olish uchun talab qilinadigan hujjatlar odatda quyidagilarni o'z ichiga oladi

  • Kafolat uchun ariza

  • Biznes-reja

  • Moliyaviy hisobotlar

  • Garov hujjatlari


Bank zarur bo'lganda, qo'shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.