Doiraviy kafolat liniyasi
Mahsulot nomi |
Doiraviy kafolat liniyasi |
Maqsad |
Doiraviy kafolat liniyasi doirasida bir yoki bir nechta kafolatlarni berish |
Turlari |
Tender kafolati – qurilish tenderlarida yoki boshqa tanlov jarayonlarida ishtirok etishni ta’minlash va shartnoma majburiyatlarini o‘z zimmasiga olish; Bojxona kafolati – bojxona to‘lovi, import QQS, aksiz va boshqalardan kelib chiqadigan qarzlarni qoplash. Majburiyatlarni bajarish kafolati – shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash; Oldindan to‘langan (bo‘nak) to‘lovlarni qaytarish kafolati – shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmagan taqdirda etkazib beruvchining avans to‘lovini qaytarishini ta’minlash; To‘lov kafolati – prinsipalning tijorat shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlari bajarilishini ta’minlash; Kontr-kafolat – bank (kontr-kafolat beruvchi) tomonidan kafolat beruvchi (emitent bank) foydasiga ushbu kafolat beruvchi tomonidan berilgan kafolat summasini qoplash majburiyati. Mijozlar nomidan ularning kontragentlari foydasiga kafolat berish uchun ta’minot sifatida “Ipoteka-bank” ATIB foydasiga banklar tomonidan berilgan kontr-kafolatlar qabul qilinadi. |
Mijoz |
Korporativ mijozlar |
Valyuta |
Milliy/xorijiy valyuta |
Kafolatning maksimal miqdori |
Tender kafolati – tender asosiy summasining (loyiha/shartnoma) 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, istisnolar qo‘llanilishi mumkin; Bojxona kafolati – import qilinadigan tovarlar qiymatining 25% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda. Majburiyatlarni bajarish kafolati – shartnomaning asosiy summasining 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, istisnolar qo‘llanilishi mumkin; Oldindan to‘langan (bo‘nak) to‘lovlarni qaytarish kafolati – asosiy shartnoma shartlari asosida; To‘lov kafolati – asosiy shartnoma shartlari asosida; Kontr-kafolat – asosiy bitim shartlariga asoslanadi.
Mijozning umumiy majburiyatlari (kreditlar, kafolatlar, akkreditivlar va boshqalar) bankning 1-darajali kapitalining 25 foizidan yoki har bir mijoz/mijozlar guruhi uchun ma’lum limitdan oshmasligi kerak. |
Komissiya stavkasi |
Banking ichki qoidalarga rioya qilgan holda individual tarzda belgilanadi |
Komissiya to‘lash tartibi |
Bir martalik komissiya; Har chorakda bir marta; Yillik stavka asosida oylik to‘lov |
Kafolat muddati |
Tender kafolati – 12 oygacha, istisno tariqasida 24 oygacha; Bojxona kafolati, Oldindan toʻlangan (boʻnak) toʻlovlarni qaytarish kafolati – 12 oy, istisno tariqasida 24 oygacha; Majburiyatlarni bajarish kafolati, To‘lov kafolati – shartnoma amal qilish muddatidan keyingi 1 oylik muddatgacha, lekin umumiy 5 yildan ko‘p bo‘lmagan; Kontr-kafolat - bitim asosida. |
Kafolatlardan foydalanish davri |
Doiraviy kafolati liniyasi 12 oygacha tuzilishi mumkin. Ushbu doirada Mijoz ushbu Doiraviy kafolat liniyasining maksimal miqdorigacha bir yoki bir nechta kafolat turlaridan foydalanishi mumkin. Bunday kafolatlarning muddati Doiraviy kafolat liniyasining muddatidan oshib ketishi mumkin. |
Ta’minot |
Bankning ichki me’yoriy hujjatlarga muvofiq ta’minot turlari |
Boshqa to‘lovlar |
Qonunlar va ichki qoidalarga rioya qilgan holda individual asosda |
Izoh: Bankning ichki me’yoriy hujjatlari va qoidalariga asosan qo‘shimcha talablar qo‘llanilishi mumkin.