Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Korporativ mijozlarni kreditlash

Korporativ mijozlarni kreditlash

Turli sohalarda faoliyat yurituvchi mijozlarni faoliyatini moliyalash borasidaga boy tajriba,  mijozlarning ehtiyoj va biznes faoliyatlarini toʼgʼri baholash,  kafolatning turli shakllari bilan ishlay olish,  shartnoma shartlarining qulayligi - Bank va kredit oluvchi oʼrtasidagi samarali hamkorlikning asosi boʼlib hisoblanadi. 

Bank mahsulot va xizmatlari doimiy va yuqori talabga ega boʼlgan sanoat,  qurilish,  shuningdek,  yirik biznes yurituvchi korxonalarga qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini amalga oshiradi. 

Ipoteka-bank yirik loyihalarni kreditlashda har bir mijoz uchun alohida yondashish dasturlarini ishlab chiqadi.  Bank mutahassislarining tajribasiga tayangan holda biz korxona va tashkilotlarga biznesini moliyalash xizmatlarini taklif etamiz. 


Kredit olish uchun kerakli hujjatlar:

• kredit olish uchun ariza;

• biznes-reja;

• moliyaviy hisobotlar (YaTTlar bundan mustasno);

• ta’minot hujjatlari;

• bank, zaruratdan kelib chiqib, boshqa hujjatlar talab qilishi mumkin.