Ipoteka-bank hisob-kitob-kassa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator xizmatlarni taklif etadi. Siz bizning bankda turli valyutada hisobraqam ochishingiz va u orqali naqd pulsiz amaliyotlarni amalga oshirishingiz mumkin. Bizning bankda hisob-kitob-kassa xizmatlarini amalga oshirish – ishonchli, tez va qulay bo‘lib, bank tomonidan qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy ta’minot to‘lovning tezligi va havflizligini ta’minlaydi.
Ipoteka-bank tomonidan kompleks hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish – bu kundalik biznes faoliyatingizdagi maqbul yechimdir.
Hisobraqamni ochish jarayoni hujjatlarning to‘liq jildi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki bank ish kunidan ko‘p bo‘lmagan vaqtni oladi.
Hisobraqamni ochish uchun
Ipoteka-bank kichik biznes sub‘ektlarining milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini hisobvaraqdan chiqarish va kirim qilish xizmatini ko‘rsatadi. Bank tomonidan kichik biznes sub‘ektlarining hisob-kitob amaliyotlari amalga oshirish uchun tariflar ishlab chiqilgan. Milliy valyutadagi o‘tkazmalar Ipoteka-bank tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining electron hisob-kitoblar tizimi orqali amalga oshiriladi, bu esa mijozlarning to‘lov topshiriqnomalarini ulardan olingan kunning o‘zida ijro etish imkoniyatini beradi.
Xorijiy valyutadagi o‘tkazmalar Ipoteka-bankning yirik xorijiy banklarda ochilgan vakillik hisobraqamlari tarmog‘i orqali amalga oshiriladi, shu bilan birga Ipoteka-bank joriy amaliyotlar kunidagi shoshilinch o‘tkazmalarni AQSh dollari, Yevro va boshqa xorijiy valyutalarda amalga oshiradi.
Kichik biznes sub’ektlarining kelib tushgan milliy va xorijiy valyutadagi mablag‘larini ularning hisobvaraqlariga kirim qilish o’sha kunnnig o’zidayoq bepul tarzda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi «O’zbekiston Respublikasi investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4609-sonli Farmoniga asosan, kichik biznes sub’ektlarining Davlat byudjetiga soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘tkazishda xizmat xaqi undirilmaydi. Buning uchun bunday mijozlar tomonidan bank filialiga kichik biznes sub’ektiga mansubligi bo‘yicha ma’lumot taqdim qilishlari lozim bo‘ladi.