Bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (printsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida printsipalga beradigan yozma majburiyat (kafolat).
Bank xizmatlarining ushbu turi mijozning kontragentlar va boshqa banklar oldidagi majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi.
Kafolatlarni berishda mijoz bilan shartnoma tuziladi, unda bank kafolatini berish tartibi, uning shartlari, to‘lov shartlari va tomonlarning o‘zaro majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Ayrim hollarda ushbu shartnoma kredit shartnomasiga o‘xshab ta’minotni talab qiladi.
Bank kafolatini olish uchun mijoz bankka kredit olish uchun o‘rnatilgan ro‘yxatga ko‘ra hujjatlarni taqdim etadi.
Kafolatlar va kafilliklar berish mijozlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ularda kafolatlar (kafilliklar) berishning asosiy shartlari, jumladan, vositachilik haqi summasi ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Kafolatlar berish hukumatlararo va xalqaro kelishuvlar bo‘yicha investitsiya loyihalari bilan bog‘liq bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Summasi |
Mijoz so‘roviga asosan |
Valyuta |
Mijoz so‘roviga asosan |
Kafolat foizi |
- Qurilish tashkilotlariga tenderda ishtirok etishi uchun kafolat berish har 3 oy uchun – 1-3 foiz; - Boshqa holatlarda kafolatlar berish har 3 oy uchun – 1-5 foiz |
Kafolat muddati |
Mijoz so‘roviga asosan |
Kafolat maqsadi |
Kafolatlar shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, tender savdolarida ishtirok etish, bojxona to‘lovlarini amalga oshirishni kechiktirish yoki uzaytirish, kelayotgan import tovarlarni bojxonada rasmiylashtirilishi va boshqa holatlarda taqdim etiladi |
Garov ta’minoti |
- Bankning amaldagi Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari. Mahsulot (tovar) yetkazib berish yuzasidan imzolangan shartnomalar bo‘yicha to‘lov kafolati mol-mulk garovi ostida taqdim etiladi |
Kafolat ajratilish shakli |
“Ipoteka-bank” ATIB filiallaridan yagona shakldagi bank kafolati blankasi orqali taqdim etiladi |
Hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
Foiz to‘lovi har 3 oyning boshida еchib olinadi. (Har 3 oy uchun 1 marta еchib olinadi) |
Kafolat olish uchun prinsipal quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-
zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;
-
muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;
-
oxirgi 3 moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;
-
ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.
Bank kafolati rasmiylashtirish uchun hujjatlar roʼyhati
1. Kafolat buyurtmasi;
2. Kafolat oluvchining vakolatli organining bank kafolat olish boʼyicha yigʼilish qarori. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga kafolat oluvchining taʼsis hujjatlari nusxasi;
3. Tegishli Davlat soliq inspektsiyasiga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar;
4. Oxirgi uch moliyaviy yil natijalari boʼyicha auditorlik xulosasi;
5. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma;
6. Biznes-reja;
7. Oʼz tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʼljallangan savdo, ishlab chiqarish joyi mavjudligi boʼyicha hujjatlar;
8. Bank kafolati maqsadidan kelib chiqib boshqa hujjatlar;
9. Taʼminot hujjatlari.