Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bankda kitob savdo ko’rgazmasi tashkil etildi

Nashr etilgan: 16 dekabr, 2021

“Ipoteka-bank” АTIBning Bosh ofisida tarkibiy boʼlinmalari xodimlarining maʼnaviy- intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida, Mehnat filiali binosida yirik kitob savdo koʼrgazmasi tashkil etildi. 

Koʼrgazmadan rus va oʼzbek adabiyoti durdonalari turkumidagi adabiyotlar, ijtimoiy-siyosiy, badiiy, tarixiy, detektiv, psixologik hamda bolalar uchun chop etilgan turli hajmdagi adabiyotlar oʼrin egallagan. “Oʼzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi maslahatchisi Аbdullaxoʼja Sulaymonxoʼjaev bu borada shunday dedi: “Bizning nashriyotimizda keng turkumdagi adabiyotlar chop etiladi. Bugungi kitob savdo koʼrgazmasiga biz katta hajmdagi va turli janrdagi adabiyotlar bilan qatnashayapmiz. Bank rahbariyatiga ham yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun alohida tashakkur bildiramiz. ” 

Quvonarlisi, yoʼlga qoʼyilgan kitob savdo koʼrgazmasi Bank xodimlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, aksariyat adabiyotlar mutolaa uchun shu yerning oʼzida harid qilindi. 
“Kitob - insonning eng yaxshi doʼsti, u kishi tafakkurini kengaytirishga, yanada tiniqroq fikrlashga undaydi. Balki shuning uchundir kitobga boʼlgan mehrim oʼzgacha”- dedi biz bilan suhbatda Nomzodlarni tanlash va HR-brending boʼlimi boshligʼi Naima Muminova. 
Darhaqiqat, bu kabi tadbirlarning koʼplab oʼtkazilishi aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga alohida xizmat qiladi.