Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

E'lon «Ipotekа-bаnk» ATIB bаnk plаstik kаrtаlаridаn foydаlаnib kelаyotgаn mijozlаrimiz diqqаtigа!

Nashr etilgan: 15 dekabr, 2021

Bankimiz tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatini almashtirgan mijozlarimizning identifikatsiyalashga doir maʼlumotlarni yangilash jarayonlari olib borilmoqda.
Hurmatli mijozlarimiz!

Аgar, Siz bankimizda karta ochgan davrdan hozirgi kunga qadar oʼzingizning shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni almashtirgan boʼlsangiz (va bankka xabar bermagan boʼlsangiz), u holda Sizdan:
- oʼzingizga yaqin boʼlgan manzildagi «Ipoteka-bank» АTIBning filiallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz bilan (biometrik pasport, ID-karta, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari) tashrif buyurishingizni;
- yoki mazkur eʼlonda qayd etilgan telefon raqamiga qoʼngʼiroq qilgan holda shaxsiy maʼlumotlaringizni tasdiqlab berishingizni soʼraymiz.

Qoʼshimcha ravishda yana shuni maʼlum qilamizki, 2022 yilning 15 yanvaridan keyin belgilangan identifikatsiya qilish tartib-qoidasidan oʼtmagan mijozlarning hisobvaraqlari va bank kartalari tranzaktsiyalari cheklanishini maʼlum qilamiz.