Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Korrupsiya – rivojlanishimizga toʼsiq” mavzusida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Nashr etilgan: 3 dekabr, 2021

Maʼlumki, mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda, jumladan Oʼzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʼishlangan Аksilkorrupsiya haftaligi doirasida oʼtkaziladigan tadbirlar rejasi”ga muvofiq “Korrupsiya – rivojlanishimizga toʼsiq” mavzusida Respublikamiz boʼylab tadbirlar oʼtkazilishi belgilangan.


Аna shunday tadbirlarning navbatdagisi “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Bosh ofis va barcha filiallari ishtirokida “Bank moliya sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari” mavzusida davra suhbati hamda ZOOM platformasi orqali uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Mazkur tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Toshkent davlat Yuridik Universiteti vakillari oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.



Ushbu seminar ochiq muloqat tarzda oʼtkazilib, jamiyatimizda sodir etilayotgan korruptsion holatlar tanqid ostiga olindi va shu kabi holatlarga yoʼl qoʼymaslik, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda Oʼzbekiston Respublikasi Qonun va qonun osti hujjatlari, ularning mazmun mohiyati, zamonaviy aksilkorruptsion tizimlarni joriy etish hamda “Komplaens-nazorat” tizimi toʼgʼrisida oʼzaro fikrlar almashildi.


Shuningdek, tadbir davomida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki rahbariyati tomonidan tizimda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida yoʼl xaritasi ishlab chiqilganligini va ushbu yoʼnalishga masʼul boʼlgan korrupsiya va firibgarlikka qarshi kurashish boʼyicha Komplaens nazorati boʼlimi tashkil etilib, mazkur Yoʼl xaritasi doirasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini taʼkidlab oʼtdilar.