Nashr etilgan: 6 sentabr, 2021
Bugungi kunda "Ipoteka-bank" ATIB tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalari amalga oshirib kelinmoqda
Xususan, Andijon viloyati, Andijon shahrida Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 792,4 ming AQSh dollari miqdoridagi trikotaj mato va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 499,0 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratish ma’qullangan. Korxona kredit mablag‘lari hisobiga yiliga 297,0 ming kg trikotaj mato va 1 800,0 ming dona tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni, ichki va tashqi bozorni trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish va 200 ta yangi ishchi o‘rni yaratishni rejalashtirgan.