Nashr etilgan: 11 noyabr, 2021
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligiga koʼra, “Ipoteka-bank” АTIB aktsiyalari nazorat paketining OTP bankka sotilishi bank reytinglariga taʼsir koʼrsatmaydi
Аgentlik tahlilchilarining fikricha, bankning hozirgi “VV-” darajada “Barqaror” istiqboldagi reytingi davlatning majoritar aktsiyadorligi, tizimda muhim ahamiyatga egaligi, bugungi kunda iqtisodiy va ijtimoiy siyosatda rolь oʼynashi, tarixan davlat tomonidan bankning kapital va likvidliligi qoʼllab-quvvatlanishi asos boʼlgan. Shuningdek, bankning ipoteka va kichik biznesni kreditlashdagi tizimli salohiyati, kapitalning mustaxkam buferi va moʼʼtadil daromadlilik faktorlari eʼtiborga olingan.