Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rossiyadan Oʼzbekistonga bepul onlayn pul oʼtkazmalari

Nashr etilgan: 19 yanvar, 2022

Gazprombank va «Ipoteka-bank» АTIB birgalikda texnik integrator – «Atmos» kompaniyasi bilan hamkorlikda bepul onlayn pul oʼtkazmalari xizmatini yoʼlga qoʼydi. Endilikda Rossiyaning istalgan banki kartasi egasi Oʼzbekistondagi istalgan bankning UZCARD va HUMO kartalariga pul oʼtkazmalarini komissiya toʼlovlarisiz oʼtkazishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu xizmat, pul oʼtkazmalarini bir zumda konvertatsiya qilish orqali Oʼzbekistondagi qabul qiluvchining mablagʼni darhol oʼzbek soʼmida olish imkonini beradi.

Oʼtkazmani qanday amalga oshirish mumkin?

Rossiyaning istalgan bank kartasidan UZCARD va HUMO kartalariga pul oʼtkazmasini amalga oshirish uchun Gazprombank veb-saytiga kirish va faqat qabul qiluvchining karta raqamini kiritish lozim boʼladi. Xususan, joʼnatuvchi pul oʼtkazmasining soʼmdagi miqdorini oʼtkazma tasdiqlangunga qadar koʼrish imkoniyatiga ega boʼladi va pul oʼtkazmasi amalga oshirilgandan soʼng qabul qiluvchining kartasida mablagʼlar bir zumda aks etadi.

Qanday qilib qoʼshimcha foyda olish mumkin?

Endi Oʼzbekistonga oʼtkazmalar nafaqat bepul, balki foydali ham boʼldi. Rossiyada Gazprombank #Rodnyeblizko kartasini rasmiylashtirib, joʼnatuvchi oʼz yaqinlariga pul oʼtkazmalarini oʼzbek soʼmida nafaqat komissiyasiz, balki imtiyozli konvertatsiya stavkasidan foydalanib joʼnatishi ham mumkin boʼladi. Barcha qulayliklar hamda kartaning afzalliklari boʼyicha maʼlumotlarni batafsil Gazprombank veb-saytida bilib olishingiz mumkin.

«Ipoteka-bank» АTIB va Gazprombank nafaqat bepul pul oʼtkazmalari boʼyicha tezkor, foydali va qulay xizmatni taklif etadi, balki sizni yaqinlaringiz bilan yanada yaqinlashtirib, siz uchun haqiqatdan ham qadrli boʼlgan vaqtingizni tejaydi!

Rossiyadan Oʼzbekistonga bepul onlayn pul oʼtkazmalari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: 1233 yoki +998781501122.