Komissiya: 0%
Kreditlaringizni “Ipoteka-Retail” mobil ilovasi orqali to‘lashingiz mumkin. Buning uchun asosiy sahifadagi "Kreditlar" bo'limidan kreditingizni tanlang va “Hisobni to’ldirish" tugmasini bosing. Manba bo`limidan faol karta yoki joriy hisobni tanlang, so’ng to`lov miqdorini kiriting va “Davom etish" tugmasini bosing.
Komissiya: 0%
Kreditlaringizni universal bank kassalari orqali to‘lash imkoni mavjud, bunda kredit to’lash uchun hisob va bank MFOsi kerak bo’ladi.Ushbu hisob raqam 29801 dan boshlanadigan 20 ta raqamdan iborat bo’lib, “Ipoteka-Retail” mobil ilovasidan bilib olish mumkin.
Komissiya: 0%
Kreditlaringizni bankimiz bankomatlari va ADMlar orqali to‘lashingiz ham mumkin. Buning uchun “Ipoteka-Retail” mobil ilovasining “Kreditlar” bo’limida kreditning shartnoma raqamidagi oxirgi 7 ta raqamni (ID-shartnoma raqami)ni bilib olishingiz lozim.
Komissiya: 1%
Kreditlaringizni Payme ilovasida ushbu QR-kod orqali, shartnoma raqamidagi oxirgi 7 ta raqamdan iborat bo’lgan (ID-shartnoma raqami)ni kiritib to’lovni amalga oshirishingiz mumkin
Komissiya: 1%
Click ilovasida ushbu QR kod orqali Ipoteka bank mijozi kreditlarini uzining shaxsiy 7 ta raqamdan iborat bo’lgan ID (shartnoma raqami)ni kiritib to’lovni amalga oshirish imkoni mavjud
ID (shartnoma raqami) 7 ta raqamdan iborat bo’lib mijoz “Ipoteka-Retail” mobil ilovasi orqali bilib olishi mumkin. Buning uchun mijoz asosiy sahifada "Kreditlar" bo'limiga o'tishi lozim
Komissiya: 2%
Shuningdek, ipoteka bank mijozlariga Paynet Infokiosklari orqali kredit to‘lash imkoniyati berilgan. Buning uchun mijoz “Ipoteka-Retail” mobil ilovasida 7 ta raqamdan iborat bo’lgan o'z ID (shartnoma raqami) ni bilib olishi lozim.