Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bank seyflari

Ishonchli joy

Moddiy boyliklarini uyingizning u yoki qandaydir joyda - ko‘rpa ichida, yostiq ostida yoki devordagi kartina ortiga yashirib saqlash, anchagina eskirib qolgan odatdir. Ipoteka-Bank sizga moddiy boyliklarni saqlash uchun qulayroq, ishonchliroq va xavfsizroq joy — individual bank seyflarini taklif qiladi.

Ushbu seyflarda pul, zargarlik buyumlari, hujjatlar, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho ashyolar – bir so‘z bilan aytganda o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan va boshqalarning ko‘zidan uzoqroqqa yashirishni xohlaydigan istalgan narsani saqlash mumkin.

Istalgan saqlash muddati

Individual seyfni istalgan muddatga – bir oydan boshlab bir necha yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga olishingiz mumkin. Siz mehnat ta’tiliga chiqayotgan yoki xizmat safariga ketayotgan vaqtlarda qisqa ijara muddatlari qulaydir.

Seyfim – zirxli qo'rg'onim

Yakka tartibdagi seyflar Ipoteka-bankning maxsus jihozlangan xonalari – depozitariylarga joylashtirilgan. Depozitariy xonalari eng zamonaviy himoya vositalari bilan jihozlangan va butun sutka davomida qo‘riqlanadi. Seyf ikkita qulf bilan berkitiladi. Yakka tartibdagi seyfni taqdim etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganidan keyin seyf sizning mulkingizga aylanadi. Xotirjam bo‘lishingiz mumkin: boshqa shaxslar tomonidan (jumladan, bank xodimlari) qimmatliklardan foydalanish imkoniyati mavjud emas. Seyf kalitlari faqat sizdagina mavjud bo‘ladi.

Xizmat faqat Toshkent shahridagi filiallarda ko‘rsatiladi.

Mahfiylik

Seyfdan foydalanishni tushuntirgandan keyin bank xodimi depozitariydan chiqadi. Qimmatliklarni yacheykaga joylashtirishda u yerda sizdan boshqa hech kim bo‘lmaydi — shunday qilib to‘la maxfiylik qoidalariga amal qilinadi.

Ipoteka-Bank sizning ishonchingizni qadrlaydi. Agar siz qimmatli buyumlaringizni yakka tartibdagi seyfga joylashtirgan bo‘lsangiz, biz ularni to‘la saqlanishi va mutlaqo dahlsizligini ta’minlaymiz.