Ichki nazorat departamenti Sanksion ro'yxatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tanlov e'lon qilinadi.

Nashr sanasi: 29.08.2022

Ichki nazorat departamenti Sanksion ro'yxatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i

 

            Аsosiy vazifalaringiz:

·         Bashqarma faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va takomillashtirish;

·         Moliyaviy sanktsiya, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi Qonunchilik hujjatlari va xalqaro standardlar talablariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash;

·         Sanktsiyaviy tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish bo'yicha tegishli choralarni ko'rish;

·         Benefisiar mulkdorlarni identifikasiyalash, ularni shaxsini o'rganish bo'yicha tegishli choralarni ko'rish va operasiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;

·         Sanktsion ro'yxatlar bilan solishtirish orqali operasiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg'in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;

·         Sanktsion ro'yxatlarga kiritilgan shaxslarning operasiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to'xtatib turish, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag'iga tushgan pul mablag'larini hisobga kiritish bo'yicha operasiyalar mustasno va (yoki) pul mablag'larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to'xtatib qo'yish;

·         Chet eldagi banklar bilan korrespondentlik aloqalarini o'rnatishda ularning ichki nazorat tizimini o'rganish;

·         So'rovlar bo'yicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga, (yoki) ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga va moliyaviy sanktsiyaga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat;

·         Departament direktorini va bank rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda ta'minlab borish;

·         Bank faoliyatidagi moliyaviy sanktsiyaga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi Qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi bo'yicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan bank rahbariyati ko'rib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish.

 

 Sizdan talab etiladi:

•         oliy iqtisodiy yoki yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;

•         bank va (yoki) moliya sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi, shuningdek ichki nazorat xizmatida va sanktsiyalar yo'nalishida kamida 3 yillik rahbarlik tajribasiga ega bo'lishi;

•         bank va moliya Qonunchilik hujjatlarini bilishi;

•         terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda moliyaviy sanktsiya bo'yicha xalqaro standartlarni bilishi;

•         muntazam ravishda soha bo'yicha malaka oshirish bo'yicha maxsus o'quv kurslaridan o'tgan bo'lishi;

•         chet tillarini bilishi (ingliz tili va rus tili).

            Sizni kutmoqda:

•         Qonunga muvofiq ish bilan taʼminlanish;

•         Raqobatbardosh ish haqi;

•         Sport bilan hamnafas hayot va jamoaviy tadbirlar;

•         Xalqaro moliya korporatsiyasi maslahatchilari bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan Oʼzbekistonning yetakchi bankida karʼera qurish imkoniyati.

 

Tanlovda qatnashish uchun rezyumelar quyidagi aloqa manzillari orqali qabul qilinadi:

E-pochta: cv@ipotekabank.uz

Telegram: +998 (97) 033-60-62 orqali qabul qilinadi.

Xat mavzusida familiya, ism va qaysi boʼsh lavozimga nomzodlik qilayotganingiz koʼrsatilishi kerak.

 

Sizga omad tilaymiz!


Back to the list


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish