Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Xalqaro munosabatlarni o’rnatish bo’yicha menejer (IRM)

01.08.2023

Biz, xalqaro kompaniyaga Bank sohasida ishlashga ishtiyoqi baland va O‘zbekiston bozoriga innovatsion yechimlarni olib kira oladigan tajribali Mijozlar bilan ishlash menejerini qidirmoqdamiz.

  

Vazifalarga quyidagilar kiradi:

• Mavjud mijozlar bilan mustahkam aloqalarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlari va maqsadlarini tushunish.

• Yangi mijozlarni topish va ishga qabul qilish, moliyaviy ehtiyojlarini sinchkovlik bilan baholash.

• Murakkab moliyaviy tushunchalarni mijozlarga aniq va tushunarli tarzda samarali etkazish.

• Mijozlarga moliyaviy maslahat va yo'l-yo'riq ko'rsatish, ularning individual talablariga mos yechimlarni taklif qilish.

• Iqtisodiy o'zgarishlar va qonun hujjatlaridagi o'zgarishlardan xabardor bo'lish va ularni mijozlarga to’g’ri etkazish.

• So'rovlarni ko'rib chiqish, muammolar va mijozlar shikoyatlarini o'z vaqtida bartaraf etish.

• Mijozlar bilan halol munosabatda bo‘lish orqali bank obro‘sini saqlab qolish.

   

Nomzodga qo’yiladigan talablar:

• Banklarda mijozlar bilan ishlash menejeri lavozimida kamida 2 yillik ish tajribasi.

• Bank mahsulotlari va xizmatlarini mukammal bilish.

• Moliyaviy bozorlar, iqtisodiy tendentsiyalar va me'yoriy o'zgarishlarni tushunish.

• Savdo va biznes rejalariga erishish va ularni oshirish bo'yicha muvaffaqiyatli tajriba

• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.

   

Agar nomzodingiz mazkun talablarga javob bersa, tanlovda qatnashish uchun rezyumeingizni cv@ipotekabank.uz elektron manzili yoki Telegram (97-0333061) orqali rus va oʼzbek tillarida yuboring va biz Siz bilan bo’glanamiz!

Ma'lumotingizni jo'nating

Rezyumeni yuklash