Для справок: (78) 150-11-22

Контакт центр:  1233

Xodimlar bilan ishlash menejeri

13.06.2023

Vazifalari va majburiyatlari: 

-Filial xodimlarining hisobini yuritish;

-Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari, me'yoriy hujjatlar va filial boshqaruvchisining ko'rsatmalari va buyruqlariga muvofiq xodimlarni ishga olish, boshqa joyga o'tkazish va ishdan bo'shatishni tashkil etish. Shuningdek, filial xodimlariga tegishli barcha buyruqlar, farmoyishlar, ularning shaxsiy yig‘ma jildlari, T-2 kartochkalari va boshqa hujjatlarini tartibga soladi.

-Mehnat va kadrlar bo'yicha istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

-Mehnat daftarchalarini to'ldirish, hisobga olish va saqlash, ish stajini hisoblash, xodimlarning mehnat faoliyati to'g'risidagi guvohnomalarni berish;

-Xodimlarga ta'tillar berilishini hisobga olish, ta'til jadvalini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
-Xodimlar soni va ularning harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni ma'lumotlar bankiga kiritish, ularning o'z vaqtida yangilanishi va to'ldirilishini nazorat qilish;
-Filialda mehnat intizomi holatini va xodimlar tomonidan ichki mehnat qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek mehnat intizomi va tartibini buzish holatlarini hisobga olish; ma'muriyat va mehnat jamoasi tomonidan tegishli chora-tadbirlarning o'z vaqtida ko'rilishini nazorat qilish;
-Shaxsiy ishlarning arxivini yuritish, ularni davlat arxiviga topshirishga tayyorlash;
-Korxona xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
-HR bo'yicha hisobotlarni tayyorlash;
-Filial faoliyatiga oid buyruqlarni o‘z vaqtida chiqarish.
 
Lavozimga qo’yiladigan minimal talablar:
-Oliy ma'lumot;
-Kirishimlilik, xushmuomalalik;
-HR kasbi bo'yicha kamida ikki yillik ish tajribasi;
-Word, Excel foydalanuvchisi;
-O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qoidalari, ko‘rsatmalari va kadrlar siyosati bo‘yicha boshqa hujjatlarni bilish;
-Mas'uliyat, punktuallik, xushmuomalalik, tashabbuskorlik va odoblilik.

Sizni kutmoqda:

• Qonunga muvofiq ish bilan taʼminlanish;

• Raqobatbardosh ish haqi;

• Kasbiy tayyorgarlik va rivojlanish;

• Doʼstona jamoa va muhitda ishlash imkoniyati;

• Sport bilan hamnafas hayot va jamoaviy tadbirlar;

• Xalqaro moliya korporatsiyasi maslahatchilari bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan Oʼzbekistonning yetakchi bankida karyera qurish imkoniyati.

Отправить резюме

Загрузить резюме