Ichki nazorati departamenti Sanktsion ro'yxatlar bilan ishlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimiga tanlov e'lon qilinadi.

Nashr sanasi: 29.08.2022

Ichki nazorati departamenti Sanksion ro'yxatlar bilan ishlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

            Аsosiy vazifalaringiz:

·         Moliyaviy sanksiya, terrorizmni moliyalashtirishga va ommoviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchilik va halqaro standartlar talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

·         Sanksiyaviy tavakkalchiliklarni aniqalash va baholash, xujjatlashtirish va ularni kamaytirish bo’yicha tegishli choralarni ko’rish;

·         Sanksion ro’yxatlar bilan solishtirish orqali operasiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida ommoviy qirg’in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;

·         Sanksion ryxatlarga kiritilgan shaxslarning operasiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan tyxtatib turish, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning xisobvarag’iga tushgan pul mablag’larini hisobga kiristish bo’yicha operasiyalar mustasno va (yoki) pul mablag’larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to’xtatib qo’yish|;

·         Terrorizmni moliylashtirishga va ommoviy qirg’in qurolini tarqatishni moliylashtirishga qarshi kurashish va moliyaviy sanksiya bilan bog’liq ma’lumotlarning mahfiyligini taminlash;

·         Chet eldagi banklar bilan korrespondentlik aloqalarini o’rnatishda ularning ichki nazorat tizimini o’rganish;

·         So’rovlar bo’yicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga, (yoki) ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga va moliyaviy sanksiyaga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat;

·         Departament direktorini va bank rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda ta’minlab berish;

·         Bank faoliyatidagi moliyaviy sanksiyaga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari va ichki xujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi bo’yicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan bank rahbariyati ko’rib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

 

Nomzodga qo’yilgan talablar:

• oliy iqtisodiy yoki yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;

• bank va (yoki) moliya sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi;

• bank va moliya qonunchilik hujjatlarini bilishi;

• terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda moliyaviy sanksiya bo'yicha xalqaro standartlarni bilishi;

• muntazam ravishda soha bo'yicha malaka oshirish bo'yicha maxsus o'quv kurslaridan o'tgan bo'lishi;

• chet tillarini bilishi (ingliz tili va rus tili).

 

Sizni kutmoqda:

• Qonunga muvofiq ish bilan taʼminlanish;

• Raqobatbardosh ish haqi;

• Sport bilan hamnafas hayot va jamoaviy tadbirlar;

• Xalqaro moliya korporatsiyasi maslahatchilari bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan Oʼzbekistonning yetakchi bankida karʼera qurish imkoniyati.

 

Tanlovda qatnashish uchun rezyumelar quyidagi aloqa manzillari orqali qabul qilinadi:

1. E-pochta: cv@ipotekabank.uz

2. Telegram: +998 (97) 033-60-62 orqali qabul qilinadi.

 Xat mavzusida familiya, ism va qaysi boʼsh lavozimga nomzodlik qilayotganingiz koʼrsatilishi kerak.

 

Sizga omad tilaymiz!


Back to the list


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish