Bank apparati yuristi

Nashr sanasi: 16.08.2022

Biz jamoamiz safiga ma'lumot bilan ishlashga - uni topishga, o'rganishga, solishtirishga, tahlil qilishga va amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan baholashga tayyor bo'lgan malakali yuristni izlayapmiz!

 Sizdan talab etiladi:

 • Oliy yuridik ma'lumot;

• Mutaxassisligi bo‘yicha ish tajribasi - kamida 5 yil;

• Bank sohasida ish tajribasi - kamida 2 yil;

• O‘zbek tilini mukammal bilish (yozma va og‘zaki nutq);

• O‘zbekiston Respublikasining bank qonunchiligini bilish;

• Mahalliy normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasini o'tkazish qobiliyati;

• MS Office dasturidan erkin foydalanish.

 

Quyidagi qo’shimcha bilim va ko’nikmalar ustunlik hisloblanadi:

 • Rus va/yoki ingliz tillarini bilish;

• ERP (SAP, Oracle, Microsoft, 1C va boshqalar) dasturiy yechimlari bo'yicha tajriba;

• Turli huquqiy masalalar bo‘yicha huquqiy xulosalar tayyorlash tajribasi;

• Mantiqiy tahlil qilish ko'nikmalari.

 

Sizni kutmoqda:

 • Qonunga muvofiq ish bilan taʼminlanish;

• Raqobatbardosh ish haqi;

• Sport bilan hamnafas hayot va jamoaviy tadbirlar;

• Xalqaro moliya korporatsiyasi maslahatchilari bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan Oʼzbekistonning yetakchi bankida karʼera qurish imkoniyati.

 

Tanlovda qatnashish uchun rezyumelar quyidagi aloqa manzillari orqali qabul qilinadi:

1. E-pochta: cv@ipotekabank.uz

2. Telegram: +998 (97) 033-60-62 orqali qabul qilinadi.

 Xat mavzusida familiya, ism va qaysi boʼsh lavozimga nomzodlik qilayotganingiz koʼrsatilishi kerak.


Sizga omad tilaymiz!


Back to the list


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish