Komplaens nazorati departamenti Korruptsiya va firibgarlikka qarshi kurashish boʼyicha komplaens nazorati boʼlimi yetakchi mutaxassisi

Nashr sanasi: 26.11.2021

 Аsosiy vazifalaringiz:
• Mijozlar, bank xodimlari va uchinchi shaxslarning korruptsiya, firibgarlik orqali huquqlarini buzilishi holatlari toʼgʼrisidagi murojaatlarini koʼrib chiqish va zarur choralar koʼrish;
• Mijozlar, bank xodimlari va uchinchi shaxslarning korruptsiya va firibgarlik orqali huquqlarini buzilishi faktlari boʼyicha maʼlumotlar bazasini yuritish va tahlil qilish hamda tegishli nazoratni oʼrnatish/takomillashtirish;
• Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari va bank xodimlarining korruptsiya, firibgarlikka qarshi kurashish hamda huquqlarni himoya qilish masalalari boʼyicha xabardor qilishning "bankning ishonch telefonlari", anonim va boshqa kanallarining samaradorligini baholash;
• Kuzatuv Kengashi va Taftish komissiyasi faoliyati natijalari boʼyicha hisobotlarni shakllantirishda yordam koʼrsatish;
• Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda vakolatli davlat organlariga maʼlumotlarni taqdim etishda yordam koʼrsatish.

Sizdan talab etiladi:
• Oliy iqtisodiy taʼlim;
• Tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlinmasida yoki komplaens nazorati boʼlinmasida kamida 1 yillik ish tajribaga ega boʼlish;
• Bank qonunchiligi, OʼRMB qoidalari va bankning asosiy biznes jarayonlarini bilish;
• MSOffice Word, Excel dasturi boʼyicha mukammal bilim, tahlil qilish va maʼlumotlarni izohlash qobiliyati;
• Oʼzbek va rus tillarini ravon bilish shart, ingliz tilini bilish maqsadga muvofiq;
• Masʼuliyatlilik, tashabbuskorlik va yuqori motivatsiyaga ega boʼlish.

 Sizni kutmoqda:

• Qonunga muvofiq ish bilan taʼminlanish;
• Raqobatbardosh ish haqi;
• Kasbiy tayyorgarlik va rivojlanish;
• Аsosan yoshlardan iborat doʼstona jamoada ishlash;
• Sport bilan hamnafas hayot va jamoaviy tadbirlar;
• Xalqaro moliya korporatsiyasi maslahatchilari bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan Oʼzbekistonning yetakchi bankida karʼera qurish imkoniyati.

Tanlovda qatnashish uchun rezyumelar quyidagi aloqa manzillari orqali qabul qilinadi:
1. E-pochta: cv@ipotekabank.uz
2. Telegram: +998 (97) 033-60-62 orqali qabul qilinadi.

Xat mavzusida familiya, ism va qaysi boʼsh lavozimga nomzodlik qilayotganingiz koʼrsatilishi kerak.
 Sizga omad tilaymiz!



Back to the list


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish