Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Onlayn banking

Maksimal qulaylik - maksimal imkoniyatlar

Batafsil

Kichik va o’rta biznesni kreditlash

Kichik biznesni moliyalashtirish dasturi doirasida bank sizning e’tiboringizga biznes uchun keng ko‘lamdagi kreditlarni taklif etadi.

Kreditlarimizning turlari biznesni rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan masalalarni hal qilishga imkon beradi.

Kredit taqdim etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda Ipoteka-bank mijozning haqiqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Bunda e’tibor rasmiy ko‘rsatkichlarga emas, balki moliyalashtirish nazarda tutilgan biznesning rivojlanish istiqbollariga qaratiladi.

Har bir shaxsga bo‘lgan alohida yondashuv Ipoteka-bankka kichik biznes sub’ektlari uchun eng qulay shartlarda kreditlarni taklif qilishga imkon beradi.

Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bozor kon’yunkturasi va qarzdorning moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi. Foizlar kredit qarzdorligining qolgan qismiga hisoblanadi, bu mijozlarga qo‘shimcha xarajatlar amalga oshirmaslikka imkon beradi.

Yuridik shaxslarni aylanma mablagʼlarni toʼldirish maqsadida kreditlash uchun talab qilinadigan hujjatlarroʼyhati:

1. Аriza;

2. Kredit oluvchining vakolatli organining kredit olish boʼyicha yigʼilish qarori. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga qarz oluvchining taʼsis hujjatlari nusxasi (litsenziya);

3. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari;

4. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma;

5. Biznes - reja (soddalashtirilgan).

6. Taʼminot hujjatlari.


Yuridik shaxslarni asosiy vositalar sotib olish va qurilish/rekonstruktsiya maqsadida kreditlash uchun talab qilinadigan hujjatlarroʼyhati:

1. Аriza;

2. Kredit oluvchining vakolatli organining kredit olish boʼyicha yigʼilish qarori. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga qarz oluvchining taʼsis hujjatlari nusxasi (litsenziya);

3. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari;

4. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma;

5. Kredit hisobidan sotib olish uchun shartnoma (kontrakt)lar nusxalari;

6. Oʼz tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʼljallangan savdo, ishlab chiqarish joyi mavjudligi boʼyicha hujjatlar;

7. Biznes - reja yoki loyiha TIА(TEO)si;

8. Uskuna sotib olishga kredit ajratilganda, oʼxshash uskunaning taqqoslash tasnifi, raqobat varaqasi;

9. Koʼchmas mulk sotib olishga kredit ajratilganda, mulk huquqini tasdiqlovchi guvohnoma (hujjat);

10. Qurilish, kapital taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish boʼyicha qurilish-taʼmirlash ishlariga kredit ajratilganda, qurilish-taʼmirlashga doir barcha hujjatlar;

11. Taʼminot hujjatlari.


Yakka tartibdagi tadbirkorlarni kreditlash uchun talab qilinadigan hujjatlar roʼyhati:

1. Аriza;

2. Davlat roʼyhatidan oʼtganligi toʼgʼrisida guvohnoma nusxasi;

3. Kredit hisobidan sotib olish uchun shartnoma (kontrakt)lar nusxalari (savdo faoliyatidan tashqari);

4. Koʼchmas mulk sotib olishga kredit ajratilganda, mulk huquqini tasdiqlovchi guvohnoma (hujjat);

5. Uskuna sotib olishga kredit ajratilganda, oʼxshash uskunaning taqqoslash tasnifi, raqobat varaqasi;

6. Biznes – reja;

7. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma;

8. Taʼminot hujjatlari.


Ushbu roʼyxatlar kreditning berilishini koʼrib chiqish uchun zarur boʼlgan yakuniy roʼyxat hisoblanmaydi. Bank zurur hollarda ushbu loyiha yuzasidan boshqa har qanday hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.