Nashr etilgan: 29 iyul, 2022
Rasmiy munosabat
Bugungi kunda tushayotgan murojaatlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Ipoteka-bank tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish, shuningdek ularni uzluksiz ishlashini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bank xizmatlarini ko‘rsatishda, daromad va xarajatlari inobatga olgan holda o‘rnatilgan bank tariflari taklif qilib kelinmoqda. Jumladan, bankomatlarni saqlash, naqd pul bilan ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash maqsadida bank vositachilik xaqi o‘rnatilgan. Bank tomonidan turli tariflar taklif etilib, mijozlar uchun vositachilik to‘lovlarini farqli belgilanishida ushbu mijozlarga ko‘rsatilayotgan bankning boshqa xizmatlari inobatga olinadi.
Shuningdek, bank tariflariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda, bu haqida bankning rasmiy veb sayti hamda boshqa rasmiy kanallar orqali qonunchilikda belgilangan muddatlarda xabardor qilinib kelinmoqda.