Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Nomzodlarni ishga taklif qilamiz.

Nashr etilgan: 25 yanvar, 2023

“Ipoteka-bank” ATIB Respublikamizning eng ilg’or banklaridan birida ishlash va rivojlanish istagida bo’lgan yoshlarni Kontakt markazining kechki va kunduzgi ish smenasiga ishga jalb qilmoqda. Agarda siz rus va o’zbek tilida erkin gaplasha olsangiz va bank tizimida faoliyat yuritish istagida bo’lsangiz bizga o’z rezyumengizni cv@ipotekabank.uz electron manziliga jo’nating va kontakt markazimiz operatorlari ahil jamoasi qatoridan joy oling!

Vazifalari:

• kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va bank mijozlarining elektron murojaatlariga javob berish;

• kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar hisobini yuritish, tegishli ma’lumotlar bazasini to‘ldirish;

• Mijozlarga bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumot berish;

• Mijozlarning shikoyatlari haqida ma'lumot olish, nizolarni hal qilish;

• telefon orqali so'rovnomalar o'tkazish;

• Yangi mijozlarni izlash.

Talablar:

• Ravon nutq, yaxshi diksiya, yozma savodxonlik;

• Kompyuter savodxonligi;

• Tez muloqotga kira olish qobiliyati;

• Tez o'rganish qobiliyati, o'zgarishlarga tayyorligi;

• O‘zbek va rus tillarini bilish.