Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Moody’s” Ipoteka-bank depozit reytingini “Ijobiy” kutilma bilan “B1/B1” va ESG reytingini “CIS-2” darajada tasdiqladi

Nashr etilgan: 10 yanvar, 2023

2022 yil 15 dekabrda «Moody’s» xalqaro reyting agentligi Ipoteka-bankning uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi depozit reytinglarini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, tijorat banklari orasida Ipoteka-bankning uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi depozit reytingini “B1/B1” darajada, “Ijobiy” istiqbol bilan tasdiqladi.

“Ijobiy” istiqbol, Moody'sning fikricha, Ipoteka-bankning OTP bank tomonidan sotib olinishi, va aksiyadorning qo‘llab-quvvatlashi natijasida yanada mustaxkamlanadi.

Moody’s tahliliga ko‘ra, bankning barqaror sof foizli marjasi va o‘rtacha resurs xarajatlari natijasida olingan qoniqarli moliyaviy samarodorlik reytingda ushbu natijaga erishishiga imkon yaratdi va boshqa shu kabi reytingga ega banklarga nisbatan yaxshi pozitsiyada. Shuningdek, aktivlar sifati va ishonchli moliyalashtirish va likvidlik profili ham bank reytinlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Agentlik tahlilchilarining fikricha, kelajakda Ipoteka-bankning sof foizli marjasi 6 foiz atrofida bo‘lishi hisobiga barqaror daromadlilik shakllantirib boriladi. Shuningdek, tahlilchilar, yaqin 12-18 oy davomida biznesdagi diversifikasiyalashuv aktivlar sifati va bank rentabelligining oshishiga olib keladi, deb ishonishmoqda.

Ta'kidlash lozimki, Moody's Ipoteka-bank ESG reytingini neytral-past (CIS-2) darajada baxoladi. Reyting belgilashda bankning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlovi ekologik, ijtimoiy va boshqaruv risklarini kamaytirishi faktori hisobga olingan.

Ipoteka-bank keyingi yillarda ham o‘zining bank mahsulotlarini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va barcha biznes-segmentlaridagi mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish orqali daromadlilikni oshirishni maqsad qilib olgan.