Internet banking — bu Ipoteka-bankning korporativ mijozlariga Internet tarmog‘idan foydalanib hisobraqamni masofadan boshqarish uchun to‘liq ko‘lamdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi dasturiy majmuadir.
Tizim yuridik shaxslarning, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda kompaniyalarning hisobvaraqlarini masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan. Internet banking xizmatidan foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron kalitlar bepul beriladi. Bundan tashqari bank xizmatidan foydalanish uchun abonent to'lovi olinmaydi.
Internet bankingning imkoniyatlari:
- Pul mablag‘larining harakati va hisobraqamidagi qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish;
- Jo‘natilgan to‘lovlarning holatini ko‘rish;
- Buxgalteriya tizimidan, jumladan, 1S buxgalteriya dasturida to‘lov hujjatlarini olish va yuborish;
- Ipoteka-bankka to‘lov hujjatlarini elektron ko‘rinishda jo‘natish;
- Hisobraqam bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
- Bankka elektron-raqamli imzo bilan imzolangan to‘lov hujjatlarini jo‘natish.
Bank-Mijoz – bu Mijozlarga o‘zlarining moliyaviy pul oqimlarini tezkor tarzda boshqarishga imkon beruvchi elektron hisob-kitoblar tizimidir. Unda elektron raqamli imzo texnologiyasidan foydalangan holda ma’lumotlarni kodlashtirishning xalqaro standartlari qo‘llanilgan, bu esa yuborayotgan ma’lumotlarning samarali himoya qilinishini ta’minlaydi. Mijoz tomonidan hujjatlarni uzatish va olish bevosita modemli aloqadan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Tizimni o‘rnatish uchun Ipoteka-bank bilan shartnoma tuzish zarur. Bank mutaxassislari mijozga Bank-Mijoz tizimining ishlashi, himoya vositalaridan foydalanilishi, ma’lumotlarni qabul qilish/uzatish va ularni qayta ishlash texnologiyasi masalalari bo‘yicha maslahat yordamini ko‘rsatadilar.
Xizmatga ulanish uchun arizani to‘ldirish va uni Bankka taqdim etish talab qilinadi.
Kompyuterga bo‘lgan talablar:
- Pentium va undan yuqori;
- Qattiq diskdagi 100 Mb dan kam bo‘lmagan hajmdagi bo‘sh joy;
- 32 Mb dan kam bo‘lmagan hajmdagi tezkor xotira (64 Mb yoki undan ko‘proq bo‘lishi tavsiya qilinadi);
- HAYES-kodlarni qo‘llab-quvvatlovchi yoki Internetga kirishga imkon beruvchi USB modemning mavjudligi;
- Operatsion tizim: Windows 2000 Professional, Windows 2000 Server, Windows XP, Windows 2003 Server;
- CD-ROM ning mavjudligi;
- Barcha jihozlar texnik jihatdan yaroqli bo‘lishi kerak.
Ipoteka-bank SMS xabarchi xizmatini taklif qiladi. Bu Sizning biznesingiz uchun SMS-bildirishnomadir. Xizmat Sizga pul mablag‘larining hisobraqamga tushganligi va hisobrakamdan hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor tarzda olishingizga imkon beradi. Amalga oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS-bildirishnomalar ko‘rinishida uyali telefoningizga kelib tushadi.
Siz 3 tagacha uyali telefon raqamlarini ulashingiz mumkin.
Xizmat ko‘rsatilganligi uchun vositachilik haqi bitta hisobraqam bo‘yicha bitta telefon raqami uchun bankning tarif rejasiga ko‘ra to‘lanadi.
Xizmatning asosiy afzalliklari
- hisobraqam ustidan doimiy nazorat;
- foydalanishning qulayligini va osonligi;
- parametrlarni tizimning har bir foydalanuvchisi uchun yakka tartibda belgilanishi;
- SMS ni qabul qilish funktsiyasiga ega bo‘lgan har qanday qurilma orqali foydalanish mumkinligi;
- Xizmat O’zbekistondagi barcha uyali aloqa operatorlari bilan ishlaydi.
Xizmatga qanday ulanish mumkin?
- ulanish uchun arizani to‘ldiring, uni rahbar va bosh hisobchi tomonidan tasdiqlating, muhr qo‘ying.
- arizani Ipoteka-bankka taqdim eting va SMS banking tizimiga ulanish bo‘yicha shartnoma tuzing.
- xizmat uch bank ish kuni ichida ulanadi.
SMS banking xizmatiga ulangandan so‘ng mijozga “SMS ma’lumotlari foydalanuvchilari uchun eslatma” taqdim etiladi.
SMS ni qanday jo‘natish mumkin?
So‘rovning asosiy formati bo‘lib qisqa so‘rov hisoblanadi. Undan foydalanganda o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotning joriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olasiz.
So‘rov turining nomi |
Qisqa so‘rov |
---|---|
Hisobraqam holati |
1?1 |
Kirim bo‘yicha o‘tkazilgan hujjatlarning soni |
2?1 |
So‘nggi o‘tkazilgan hujjatlar |
3?1 |
Xizmatni to‘la yoki vaqtinchalik uzib qo‘yish uchun
- xizmatni uchirish to‘g‘risidagi arizani to‘ldiring;
- arizani rahbar va bosh hisobchida tasdiqlating, muhr qo‘ying;
- arizani Ipoteka-bankka taqdim eting.
Xizmat uch bank ish kuni ichida uzib qo‘yiladi.