Lizing – bu biznesga sarmoyalar kiritishning qulay shakli. Lizing evaziga sotib olingan obyektdan bir yo'la foydalanib, obyekt sotib olingan mablag‘ni ma’lum muddatda qaytarish sharti bilan mavjud biznesni kengaytirish, modernizatsiya qilish yoki faoliyatning yangi yo‘nalishini ochish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, texnika yoki avtotransportni sotib olish mumkin.
Biz avtotransportdan boshlab ko‘chmas mulkgacha, asbob-uskunadan to maxsus texnikagacha bo‘lgan turli lizing mahsulotlarini qulay shartlar asosida taklif qilamiz. Lizing xizmatlari bankning barcha filiallari tomonidan ko‘rsatiladi.
Moliyalashtirish variantlarini tanlashda lizing bir qator afzalliklarga ega:
- Lizing obyekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi va shu tufayli lizing obyekti mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
- Lizing obyektini tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilishni qo‘llash imkoniyati mavjud;
- Lizing shartlari ostida O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan texnologik jihozlar davlat bojlari va QQS to‘lashdan ozod qilinadi.
Mijozlarga bo‘lgan asosiy talablar:
- Loyihani moliyalashtirishni boshlash vaqtida ro‘yxatga olinganlik, ruxsat berilganlik kabilar to‘g‘risidagi kerakli hujjatlarning mavjud bo‘lishi bilan birga lizing oluvchining ma’lum yuridik maqomi.
- Lizing oluvchilar sifatida O’zbekiston Respublikasining rezidenti maqomiga va o‘z faoliyatlaridan tijoriy daromadga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘lishlari mumkin.
- Moliyalashtirilayotgan loyihaning bashorat qilinayotgan pul oqimi va lizing oluvchida mavjud bo‘lgan pul oqimi lizing muddati davomida lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlashi kerak.
- Moliyalashtirilayotgan loyihani boshqa tarkibiy komponentlar (xom-ashyo, aylanma mablag, malakali xodimlar, maxsulotni sotish bozorlari va boshq.) bilan ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar yoki aniq rejalarning mavjudligi.
Lizing maqsadi |
Asosiy vositalar sotib olish |
Lizing maksimal summasi |
Mijoz loyihasidan kelib chiqib belgilanadi |
Valyuta |
Milliy va xorijiy valyutada |
Lizing foizi yillik |
- Milliy valyutada yillik 27 foiz; - Xorijiy valyutada yillik 14 foiz |
Moliyalashtirish manbasi |
Bank o‘z mablag‘i hisobidan |
Lizing muddati |
36 oygacha |
Lizing ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Lizingni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni 6 oygacha belgilanishi mumkin. Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng lizing qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) |
Lizing ta’minoti |
Lizing ob’ekti va boshqa qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan garov ob’ektlari |
Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
25 % mijozning avans mablag‘i (boshlang‘ich badal) pul ko‘rinishida kiritilishi lozim. Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushadigan mijozlar mazkur qo‘shma yig‘ilish bayonining 5-bandidagi shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin. |
Lizing rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yhati
1. Lizing buyurtmasi;
2. Lizing ob’ektining texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari va uning sotuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
3. Biznes–reja;
4. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari;
5. Raqobatbardoshlik varaqasi;
6. Ikkilamchi hisobvaraqlar va boshqa qarzdorliklar to‘g‘risida ma’lumotnomalar;
7. Lizing oluvchining asosiy vositalari ro‘yhati;
8. O‘z tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishga mo‘ljallangan savdo, ishlab chiqarish joyi mavjudligi bo‘yicha hujjatlar;
9. Lizing oluvchining huquqiy maqomini tasdiqlovchi hujjatlar;
Lizing ta’minotidan kelib chiquvchi boshqa hujjatlar so‘ralishi mumkin.