Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Sizning o‘sishingiz


    Meni ishonch bilan muvaffaqiyatga intiluvchan inson deb atash mumkin. Men har doim hayotdan maksimal foyda olishga va bor kuchimni berishga harakat qilaman.Men uchun maqsadlarga erishish juda muhim. Asosiy maqsadlarimdan biriga erishish yo‘lini Toshkent moliya institutining 4-bosqich talabasi bo‘lganimda boshlaganman. Meni bank sohasi o‘ziga jalb qilgani bois, amaliy ishimni bankda o‘tashga e’tibor qaratdim. “Ipoteka-bank”da amaliyot o‘tagan omadlilar qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldim. Xitoyda ta’lim olib qaytganimdan so’ng, menga endilikda qadrdon bo’lib qolgan bankka qaytib, kredit bo‘limida mutaxassis sifatida ish faoliyatimni boshladim. Mening bank sohasidagi boshqa yo’nalishlarda ham tajribmni oshirish istagi meni Loyihalarni boshqarish guruhiga (PMO) ga yetaklab keldi. U yerda men uchun yangi dunyo ochildi, yangi bilimlar va bebaho tajriba orttirdim hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) maslahatchilari bilan birgalikda professionallar jamoasida ishlash imkoniga ega bo’ldim. Guruhda ishlash menga quvonch va ishonch bag‘ishladi, jamoada oz o’rnim borligini his qildim va albatta kasbiy kompetensyamning oshishiga sabab bo’ldi. Men juda qisqa vaqt ichida yetuk mutaxassis darajasiga yetdim. Bularning barchasi mening salohiyatimni yuzaga chiqara olgan, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko’rsatgan rahbarlarim tufayli amalga oshdi. Buning uchun ularga katta rahmat. Mening bankimda men nafaqat shaxsiy o'sish, balki kasbiy o'sish uchun ham har doim imkoniyat yaratilayotganiga guvoh bo’lmoqdaman.

    Nodira Donaboeva
    Loyihalarni boshqarish guruhi yetakchi mutaxassisi




    “Ipoteka-bank” ATIB g‘ayratli yoshlarning professionallar rahbarligi ostida tajriba orttirishlari uchun yaxshi platforma yaratgan. Menimcha, bu O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirish uchun o‘ziga xos g‘oyalarni shakllantirish uchun, mavjud kasbiy mahorat bilan yangi yangi g‘oyalarning sog‘lom uyg‘unlashuvidir. Bundan tashqari, innovatsiyalarga asoslangan va do'stona muhitda ishlash samarali natijalarga va mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish uchun izlanishlarni davom ettirishga ilhomlantiradi va undaydi. Men Plastik kartochkalar departamentiga stajyor sifatida keldim va ushbu departamentning faoliyati to’g’risida hech narsa bilmas edim. Ammo uch oylik amaliyot plastik kartochkalar tizimini to‘liq o‘rganish imkoniyatini berdi. Qiziqishim, ishtiyoqim meni tinmay ishlashga, departamentim daholaridan saboq olishga undadi. Meni qo'llab-quvvatlagan jamoamga rahmat, bugun rasman ushbu departamentda mutaxassis sifatida ishlayapman. Shaxsan men ishonamanki, agar inson intiluvchan va mehnatsevar bo‘lsa, hatto imkonsiz narsalarga ham erisha oladi!

    Feruza Musaeva
    Plastik kartalar departamenti mutaxassisi




    Bank tizimi har qanday davlat iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bois bankda ishlash katta mas’uliyat yuklaydi, deb hech shubhasiz aytaman, chunki bankirning har bir qarori iqtisodiyotga ta’sir qiladi. Ana shu mas’uliyatni his qilib, yurtimiz iqtisodiyoti ravnaqiga hissa qo‘shishni azaldan orzu qilganman. Ipoteka-bank ATIB O‘zbekistonning eng yaxshi banklaridan biri bo‘lib, u doimo ambitsiyalarga to‘la va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishga tayyor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ipoteka-bank ATIBda amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlab, Kredit departamentining rasmiy xodimi bo‘ldim. Bu sohada oz tajribamga qaramay, do'stona va qo'llab-quvvatlovchi jamoam tufayli men juda qisqa vaqt ichida yaxshi anderrayter bo'ldim. Hozir o‘rta va kichik biznesni kreditlash bilan shug‘ullanyapman. Bu yo‘nalishda ishlab, bank sektori qanday ishlashini o‘rganibgina qolmay, balki biznes qanday tashkil etilishi va rivojlanishini ham ko‘rish imkoniyatiga egaman. Men anderrayting jamoasining bir qismi bo'lganimdan xursandman va ulkan muvaffaqiyatlarga erishaman deb umid qilaman!

    Aziza Aminboyeva
    Kichik va o‘rta biznes anderrayting bo‘limi mutaxassisi




    Hayotim davomida men har doim boshqacha bo'lishga va hamma imkonsiz deb hisoblagan ishni bajarishga harakat qildim. Xalqaro universitet mening bu xususiyatimni sezilarli darajada rivojlantirdi. Qolaversa, inson qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, moliyaviy savodxonlik hamisha foydali bo‘ladi deb hisoblayman va moliyaviy savodxonligimni yaxshi rivojlantirish maqsadida kasbiy faoliyatimni bankda boshlashga qaror qildim. Mening bank faoliyatimning boshlanishi bankning katta o'zgarishlar davriga to'g'ri keldi va men ishimni Filiallar tarmog'i departamentida boshladim. Men uchun nafaqat tajribali va professional rahbarlar, balki Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) xorijiy ekspertlari bilan ishlash juda katta tajriba bo‘ldi. Transformatsiya davrida menga xodimlarning ish faoliyatini baholash tizimida(KPI), mijozlar bazasi tizimida(CRM), elektron navbat tizimi orqali mijozlar oqimini tahlil qilish va boshqa ko'p yo’nalishlarda ishlash ishonib topshirildi. Biz jahon banklari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’lish bo’saga’sida turipmiz deb ishonch bilan ayta olaman!

    Zokirjon Nosirov
    Filiallar tarmog'i departamenti bosh mutaxassisi




    Shaxsan men uchun iqtisodiyotdagi eng jozibador tarmoqlardan biri bu bank ishi. Birinchi afzallik obro', shuningdek, har qanday sohada foydali bo'ladigan noyob tajribaga ega bo'lish imkoniyati sifatida tan olingan soha. Faoliyatimni ishlab chiqarish va sug'urta sohasida boshladim, unda ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'ldim, ko'nikma va bilimimni kengaytirdim. Biroq, men uzoq vaqtdan beri rejalashtirgan bank tizimiga kirib borish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldim, chunki men o'zimni bu sohada doimo muvaffaqiyatga erishganman. Meni bankdagi ishimdan tashqari xalqaro ekspertlar, turli mamlakatlardan kelgan mustaqil rahbarlar bilan hamkorlikda ishlovchi hizmatda ishlash va uning br qismi bo’lish imkoniyatiga ega bo‘lganim, ular bilan bu borada tajriba, bilim va madaniyat almashishim men uchun katta baht. Asosan xorijlik mutaxassislardan tashkil topgan va bankning eng yuqori bo’g’ini hisoblangan Bank Kuzatuv kengashi bilan doimiy aloqada bo‘lganim uchun ishimga juda mas’uliyatliman. Bundan tashqari, men bankning qimmatli qog'ozlari va aktsiyadorlari bilan ishlayman. Bankimizning ruvojlanishi yolida o’z hissam borligidan juda mamnunman!

    Alisher Rasulov
    Korporativ maslahatchi hizmati yetakchi mutaxassisi