Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Boshqaruv Raisi murojaati

Hurmatli nomzodlar!

"Ipoteka-bank" ATIB - birinchilar qatorida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda transformasiyani amalga oshirayotgan O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri bo‘lib, kelajakda xalqaro standartlar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, davlatimizning yuqori toifadagi moliyaviy institutga aylanish arafasida turibdi.

Bankimizda jinsidan, millatidan, tilidan qat'iy nazar barcha xodimlarga o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib o‘sish va rivojlanish, ishonch bilan maqsadga intilish va “Ipoteka-bank” deb nomlangan katta va ahil komandamizning ajralmas qismi bo‘lishlari uchun har tomonlama imkoniyat yaratilmoqda.

Bugungi kunda biz xodimlarni boshqarish tizimini tubdan ko‘rib chiqib, eski “kadrlar bilan ishlash” formatidan yangi “inson resurslari” formatiga o‘tmoqdamiz. Bunda, xodimlar bilan ishlash faqatgina xujjatlarni rasmiylashtirish orqali amalga oshirilishiga chek qo‘yilib, ularni tanlash, ishga qabul qilish, ish jarayonida ularni malakasini oshirib borish, ularni moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish, malakali mutaxassislarni ushlab qolish, xodimlarga ruxiy ko‘mak berish kabi ustuvor tushunchalarga asoslangan kadrlar siyosati orqali amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish, xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish tizimi orqali Bankning ish beruvchi sifatida imidjini mustahkamlash uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Xodimlarni boshqarish tizimiga nisbatan bunday yondashuv albatta kutilgan natijani beradi, chunki xodimlarimiz bizning asosiy kuchimiz va qadriyatimizdir.

Bizning ahil oilamizga qo‘shiling va Sizda qimmatli tajriba orttirish, bank sohasida keng ko‘lamli o‘zgarishlar tashabbuskori hamda ishtirokchisiga aylanish va Vatanimiz iqtisodiyoti ravnaqi uchun hissa qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Liderlik, g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishtiyoq va to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, novatorlikni hamda tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, BIZ “IPOTEKA-BANK” JAMOASI aksiyadorlarimiz, mijozlarimiz va hamkorlarimiz uchun xizmat qilamiz!

Boshqaruv Raisi


Inomjonov E.