Komplaens nazorat
Hurmatli hamkasblar, qadrli doʼstlar va bankimiz mijozlari!
Hammamizga maʼlumki, jamiyatimizda mavjud muammolar orasida mamlakatimiz tarraqiyoti uchun eng xatarli oʼzining turli koʼrinishlari bilan taraqqiyotimizga gʼov boʼlayotgan illatlardan biri shubhasiz bu korrupsiyadir. Korrupsiya - davlatimizda amalga oshirilayotgan xalq farovonligiga, fuqarolarimizning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan islohotlarga toʼsqinlik qiluvchi illat hisoblanadi. Ushbu illat nafaqat islohotlar yoʼliga jiddiy toʼsiq boʼlishi, balki hozirda biz uchun belgilangan maqsadlarga ham bevosita tahdid tugʼdirishi barchaga maʼlum.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonunni imzoladi. Bu esa, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, jazo muqarrarligini taʼminlash borasidagi xalqaro hamkorlikni taʼminlashga yoʼl ochib berdi.
Bundan tashqari, jamiyat va davlat rivojiga toʼsiq boʼluvchi korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan qator farmon, qaror va qonunlar qabul qilinib, ular asosida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Hususan, xurmatli Prezidentimizning “Oʼzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, bankimizda jahon tajribasida uzoq yillardan buyon mavjud boʼlgan komplaens nazorati (Compliance control) tarkibiy tuzilmasi tashkil etildi.
Shu bilan birga, bank tizimi xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy holatlar kelib chiqishini va manfaatlar toʼqnashuvini oldini olish maqsadida 2021-2022 yilga moʼljallangan “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʼyicha yoʼl xaritasi ishlab chiqilgan va ushbu xaritada belgilangan vazifalar bankning barcha tarkibiy boʼlinmalari tomonidan bajarilishi nazoratga olingan.
Bankning rasmiy veb-saytida “Komplaens nazorat” nomli xodimlar xatti-harakatiga oid korrupsiyani oldini olish boʼyicha murojaat qilish imkonini beruvchi maxsus sahifa ochilgan. Mazkur sahifa orqali bank xodimlari, mijozlar, bank xizmatlari isteʼmolchilari murojaat qilib taklif, shikoyatlar hamda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan qoidabuzarliklar yuzasidan xabar berish uchun komplaens nazorati tuzilmasining (78-150-36-99) raqamli “ishonch telefoni” hamda histleblowing@ipotekabank.uz elektron pochta manzili tashkil etilgan va faoliyat olib bormoqda. Ushbu qabul qilingan murojaatlarni toʼgʼridan-toʼgʼri masʼul boʼlinma xodimlari oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqadi va muntazam ravishda tahlil qilib boradi.
Bundan tashqari, bankimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha
tasdiqlangan chora-tadbirlar asosida bank amaliyotlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish tizimi tubdan takomillashtirilib, bankning virtual qabulxonasi, “Ishonch telefoni” tashkil qilinib, barcha darajadagi rahbarlarning “qabul kunlari”ni oʼtkazish amaliyoti yoʼlga qoʼyilgan. Davlat rahbarining jamiyatni “halollik vaktsinasi bilan emlash” zaruriyati haqidagi fikrlari hayotiy mantiqqa asoslanganligi bilan ajralib turadi. Buni har bir quyi darajadagi xodimdan tortib, eng yuqori boʼgʼin rahbarigacha toʼgʼri anglashi va unga qatʼiy amal qilishi kerak!
Murojaatim yakunida xurmatli Prezidentimizning ushbu quyidagi soʼzlarini keltirmoqchiman. “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”. “Ipoteka-bank” АTIB tizimida xizmat koʼrsatish sifatini oshirishda va yuqorida koʼzda tutilgan asosiy tamoyillarni amalda toʼliq taʼminlash boʼyicha hali koʼp ishlar qilishimiz zarur.
Shunday ekan, bankimiz tizimidagi korrupsion holatlarni oshkor etishingizni hamda jamiyatimizdagi ijtimoiy muhitning yaxshilanishiga hissangizni qoʼshishingizni soʼraymiz.
Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi!
Hurmat bilan,
“Ipoteka-bank” АTIB
Boshqaruvi Raisi
E.Inomjonov
“Ipoteka-bank” АTIBning korruptsiya va manfaatlar toʼqnashuvi holatlariga doir murojaatlarni koʼrib chiqish natijalari haqida yillik
HISOBOT
Toshkent shahri 2022 yil
“Ipoteka-bank” АTIB faoliyatida korruptsiyaviy holatlar kelib chiqishini va manfaatlar toʼqnashuvini oldini olish maqsadida 2021-2022 yilga moʼljallangan “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʼyicha yoʼl xaritasi ishlab chiqilgan va ushbu yoʼl xaritasida belgilangan vazifalar bankning barcha tarkibiy boʼlinmalari tomonidan bajarilishi nazoratga olingan.
Xususan, bank xodimlari, mijozlar, uchinchi shaxslar tomonidan korruptsiya va manfaatlar toʼqnashuvi holatlari hamda tizimdagi qoidabuzarliklar boʼyicha xabar berish uchun ishonch telefonlari raqamlari (78-1503699, 78-1508968) hamda elektron pochta manzili etika@ipotekabank.uz, shuningdek telegram boti @Compliance_control_bot tashkil etilgan va faoliyat olib borilmoqda.
“Ipoteka-bank” АTIB Komplaens nazorat departamenti 2021 yil 4-choragi va 2022 yil 1-3 choraklari davomida yuqoridagi aloqa kanallariga kelib tushgan korruptsiya va manfaatlar toʼqnashuvi holatlari hamda tizimdagi qoidabuzariklarga doir murojaatlar boʼyicha yillik hisobotni taqdim etadi.
2021 yil 4-choragi davomida, jami 5 ta murojaat kelib tushgan boʼlib shundan, 3 tasi elektron pochta orqali, 2 tasi ishonch telefon raqamlari orqali kelib tushgan. Dastlabki tekshiruv va tahlil natijalariga koʼra ushbu murojaatlarda korruptsiya holatlari aniqlanmadi, ammo ushbu murojaatlardagi masalalarga oʼrnatilgan tartibda yechim topildi va murojaatlar qanoatlantirildi. Komplaens nazorat deparatamenti masʼul xodimlari tomonidan murojaatchilarga va bankning tegishli xodimlariga murojaatda qayd etilgan holat yuzasidan tushuntirishlar berildi.
2022 yil 1-3 choraklari davomida, jami 70 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, shundan 5 tasi elektron pochta orqali, 6 ta Compliance_bot orqali va 59 ta ishonch telefon raqamlari orqali kelib tushgan. Dastlabki tekshiruv va tahlil natijalariga koʼra ushbu murojaatlarda korruptsiya holatlari qayd etilmadi. Ushbu murojaatlardagi masalalar oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqildi va qanoatlantirildi. Komplaens nazorat departamenti masʼul xodimlari tomonidan murojaatchilarga va bankning tegishli xodimlariga murojaatda qayd etilgan holat yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Murojaatlar hududlar kesimida: Toshkent viloyati 35 ta, Buxoro viloyati 2 ta, Jizzax viloyati 2 ta, Navoiy viloyati 7 ta, Qashqadaryo viloyati 6 ta, Qoraqalpogʼiston Respublikasi 2 ta, Namangan viloyati 2 ta, Samarqand 6 ta, Surxondaryo viloyati 2 ta, Fargʼona viloyati 2 ta, Xorazm viloyati 2 ta. Shuningdek, elektron pochta va telegram bot orqali kelib tushgan 7 ta murojaatda keltirilgan masalalar oʼrnatilgan tartib koʼrib chiqildi va aniqlangan holatlar bartaraf etildi.
Shuningdek, Komplaens nazorat departamenti tomonidan bankning boshqa tarkibiy boʼlinmalar bilan hamkorlikda joriy 2022 yil 1-3 choraklari mobaynida huquqni muxofaza qiluvchi organlardan va fuqaro murojaati boʼyicha boshqa davlat institutlaridan jami 15 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, murojaatlarda keltirilgan holatlar yuzasidan oʼrganishlar oʼtkazilgan va oʼrganish natijalari asosida aniqlangan holatlar boʼyicha muxofaza qiluvchi organlarga va fuqaro murojaati boʼyicha boshqa davlat institutlariga hamda murojaat mualliflariga maʼlumotlar taqdim etilgan.
Hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarning aksariyat qismi kreditga oid murojaatlar boʼlib, oʼrganilgan murojaatlarda qoidabuzarlik va ichki meʼyoriy hujjatlar talablaridan chetlashish holatlari aniqlangan. Mazkur qoidabuzarlikka yoʼl qoʼygan bank xodimlarining javobgarlik masalalari qonunchilik doirasida hal qilindi.
Bank tizimida kredit ajratilishida qoidabuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarning oldini olish va kelgusida yoʼl qoʼymaslik yuzasidan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi:
- bank filiallarida aniq belgilab qoʼyilgan masʼul xodimlar tomonidan qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi/kafil/kredit taʼminoti (garov))ni lozim darajada tekshirish oʼtkazish, bunda shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan uning oʼzini shaxsan taqqoslash, anketadagi maʼlumotlarni elektron bazalardan olingan maʼlumotlar bilan qiyoslash hamda shaxsning xatti-harakatlarini oʼrganish;
- “CRM-Light” dasturida kreditlash jarayonida “qora roʼyxat”dagi shaxslar degan ogohlantiruvchi “signal”larga eʼtibor berish;
- kredit taʼminoti uchun garovga olinadigan transport vositasi yoki mol-mulkni joyiga chiqqan holda hujjatlar asosida lozim darajada tekshirish jarayonini nazorat qilib borish.
«Ipoteka-banka» АTIB tizimida qoida buzarliklar toʼgʼrisida xabar berish maqsadida 78-150-89-68 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
«Ipoteka-banka» АTIB tizimida qoida buzarliklar toʼgʼrisida xabar berish maqsadida etika@ipotekabank.uz elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
"Ipoteka-bank" АTIB tizimida korrupsiya yoki taʼmagirlik holatlari boʼyicha 78-150-36-99 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlarga duch kelsangiz @Compliance_control_bot telegram-botiga murojaat qilishingiz mumkin