Nashr etilgan: 14 iyun, 2022
Undiruv qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraq egasi boʼlgan mijozga eʼlon
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-maydagi PF-141-son “Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning toʼlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonining 1-bandiga muvofiq 2022 yil 15-iyundan boshlab xoʼjalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʼl qoʼyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatilishi hamda maxsus maqsadli hisobvaraqlar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ochilishi va yopilishi belgilangan.