Nashr etilgan: 13 iyun, 2023
Tranzaksiya amalga oshdi: OTP Bank Ipoteka-bankni sotib oldi
Oʻzbekiston bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etayotgan birinchi gʻarb banki sifatida OTP Bank, mamlakatning beshinchi yirik moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi muassasasi – “Ipoteka-bank”ning asosiy aksiyadoriga aylandi. Bugun, bankni sotib olishning birinchi bosqichi yakunlandi, OTP Bank Ipoteka-bankning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 75 foizini sotib oldi, qolgan 25 foizi 3 yillik muddatda sotib olinadi. O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida OTP Guruh o'z faoliyatini yo’lga qo’yayotgan birinchi davlat bo’lib, o'zbek bank bozoriga kirish Guruh tarixida yangi sahifa ochadi. Ipoteka-bank aktivlari bo'yicha bank bozorining 7,6 foiz ulushiga hamda 1,5 millionga yaqin chakana mijozlarga ega. Ushbu (egalik huquqini o‘tkazish bilan bog‘liq) bitim Ipoteka-bank mijozlaridan hech qanday harakatni amalga oshirishni talab qilmaydi.