Bosh maqsadimiz
Mijozlarga keng ko'lamli yechimlar taklif qilish, xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash hamda ishchan jamoaviy muhitni shakllantirish orqali mamlakatda eng samarador tijorat banklar 5 taligiga kirish.
Bank missiyasi
Mijozlarimiz: Asosiy e'tiborimizni mijozlar manfaatlariga qaratgan holda ular bilan ishonchli va uzoq muddatli munosabatlar o'rnatamiz hamda ularga yuqori sifatli xizmatlar taklif etamiz.
Xodimlarimiz: Xodimlarning o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi va rivojlanishini qo'llab-quvvatlagan holda mas'uliyat hamda tashabbusni rag'batlantiradigan ish muhitini yaratish.
Aksiyadorlarimiz: :
Aksiyadorlarimiz manfaatlarini ko'zlagan holda shaffof va samarali (operatsion mustaqil) ish yuritib, ular uchun yuqori daromadlilikni ta'minlaydigan korporativ boshqaruv tizimini yaratish.
Jamiyat: :
Jamiyatning mas'uliyatli a'zosi sifatida, sog'lom turmush tarzini rag'batlantirish, bank xizmatlari ommabopligini oshirish, ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash hamda loyihalarda atrof-muhitni himoya qilish standartlariga amal qilish.