Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Aylanma mablag‘lar uchun revolver kredit


Mahsulot nomi

Aylanma mablag‘lar uchun revolver kredit

Mijoz

Korporativ mijozlar

Moliyalashtirish manbai

Bankning o‘z mablag‘i va jalb qilingan mablag‘lari

Kreditning maqsadi

Mijozning joriy faoliyati bo`yicha tushum va chiqim to‘lovlari o‘rtasida nomutanosibligini qoplash yoki aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun umumiy ehtiyojlarni moliyalashtirish

Valyuta

Milliy/xorijiy valyuta

Kreditning maksimal miqdori

1) mijozning o‘tgan moliyaviy yildagi sof tushumning 30% gacha

yoki

2) o‘tgan moliyaviy yil ko‘rsatkichlari bo‘yicha sof aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj (mijoz tomonidan taqdim etilgan moliyaviy hisobot ma`lumotlariga asosan hisoblanadi).

 

Aylanma mablag‘larning maksimal miqdori mijozning umumiy aylanma mablag‘lari uchun olingan krediti asosida tekshirilishi kerak (shunda, boshqa banklardagi aylanma mablag‘lar uchun olingan kreditlari ham hisobga olinadi).

 

Ish haqi to‘lash uchun krediti – Ikki oy uchun hisoblangan ish haqidan ko‘p bo‘lmagan miqdorgacha.

Foiz stavkasi

Banking ichki qoidalarga rioya qilgan holda individual tarzda belgilanadi

Kredit muddati

36 oygacha (qayta o‘zlashtiriladigan, revolver) (Bosh kelishuv asosida)

Har bir o‘zlashtirishning (alohida kredit) maksimal muddati

Mijozning operatsion (ishlab chiqarish) davriga mos ravishda, lekin 12 oydan oshmagan holda

 

Kredit uchun imtiyozli davr

-

Kreditdan foydalanish davri

33 oygacha

Ta’minot

Bankning ichki me’yoriy hujjatlarga muvofiq ta’minot turlari

Komission to‘lovlar

Jalb qilingan kredit liniyalar shartlari doirasida individual ravishda belgilanadi

Kreditni to‘lash

Foizlar: Oylik

Asosiy qarz: kamida oxirgi 3 oy davomida teng to‘lovlar