Investitsion kredit
Mahsulot nomi |
Investitsion kredit |
Mijoz |
Korporativ mijozlar |
Moliyalashtirish manbai |
Bankning o‘z mablag‘i va jalb qilingan mablag‘lari |
Kreditning maqsadi |
- korxonaning investisiya faoliyatini moliyalashtirish (asosiy ishlab chiqarish vositalarga investitsiyalar, kapital ta’mirlash); - binolarni sotib olish yoki qurish; - asosiy yoki boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun yer olish; - uskunalar, transport vositalari va boshqalarni sotib olish; - ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolish yoki oshirish uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, modernizatsiya qilish va/yoki joriy etish; - kompaniya kapitalidagi ulushini sotib olish; - boshqa investitsiya maqsadlari, shu jumladan davlat dasturlari, yashil moliyalashtirish loyihalari, energiya samaradorligi va boshqalar. |
Valyuta |
Milliy/xorijiy valyuta |
Mijozning o‘z ishtiroki |
Mijozning o‘z kapitali bilan ishtirok etish talabi kamida 30%. |
Kreditning maksimal miqdori |
Bank faqat ichki investitsiyalarning sof miqdorini (QQSsiz) moliyalashtiradi. Investitsiya ob’ekti import qilingan taqdirda, moliyalashtirishning asosi shartnoma bo‘yicha sotib olish narxi hisoblanadi. Asosiy vositalarni moliyalashtirish kreditlari: (1) Uskunalar yoki boshqa asosiy vositalar – moliyalashtirilgan aktivlarni sotib olish narxining 85% gacha. Kamida 15% mijoz tomonidan real pul ishtiroki/o‘tkazmasi bo‘lishi kerak. (2) Sanoat/tijorat ko‘chmas mulki (turar-joy qurilishini moliyalashtirish ushbu mahsulot tarkibiga kirmaydi) – rejalashtirilgan qurilish qiymati/byudjetining 70% gacha. |
Foiz stavkasi |
Banking ichki qoidalariga rioya qilgan holda individual tarzda belgilanadi |
Kredit muddati |
Asosiy vositalarni sotib olish uchun kreditlar – 36 oygacha. Investitsion kreditlar (loyiha) – 7 yilgacha. |
Kredit uchun imtiyozli davr |
Asosiy vositalarni sotib olish uchun kreditlar – 6 oygacha. Investitsiya kreditlari (loyiha) – 12 oygacha. |
Ta’minot |
Bankning ichki me’yoriy hujjatlarga muvofiq ta’minot turlari |
Комission to‘lovlar |
Jalb qilingan kredit liniyalar shartlari doirasida individual ravishda belgilanadi |
Kreditni to‘lash |
Foizlar: har oyda; Asosiy qarz: Imtiyozli davrdan keyin loyihadan kelib chiqib va bank bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi. |