Bank xizmatlari iste'molchilariga
Bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilganganligi holati quyidagi asoslar orqali aniqlanadi:
-
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxs vakillarining murojaatlari (og‘zaki, yozma, elektron) orqali;
-
O‘zbekiston Respublikasining nazorat qiluvchi idoralari, Bosh bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati, ishchi guruhlar va maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish natijalarida aniqlangan holatlar orqali;
-
Bosh ofis tarkibiy bo‘linmalari va filial rahbarlari hamda mas’ul xodimlari tomonidan aniqlangan holatlar orqali;
-
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilgan, muhokama qilingan mavzular, materiallar va boshqa holat (fakt)lar orqali.
O‘z huquqlaringizni buzilgan deb hisoblagan taqdiringizda quyida ko‘rsatilgan aloqa kanallari orqali murojaat qiling.
Iste’molchilar huquqlarining buzilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, bu borada ularga huquqiy maslahatlar berish va qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan tegishli ta’sir choralarini qo‘llash ishlari amalga oshiriladi.
Agar, iste’molchi o‘zining buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlardan qanoatlanmagan yoki bank faoliyatidan norozi bo‘lgan taqdirda, vakolatli davlat organlariga, sudga yohud O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilishi mumkin.
“Ipoteka-bank” ATIBga murojaat qilish usullari va manzillari:
1.Bank rahbariyatining qabul kunlari
2.Ipoteka-bank Kontakt sentr raqamlari: (78) 150-11-22, 1233
3.Elektron pochta manzili: info@ipotekabank.uz
4.Bosh ofis va filiallar manzillari
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz)
6.O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni
7.O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni
8.“Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklariga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 3030, 02.07.2018 y.)
Hurmatli mijozlar!
Bank bilan yuzaga kelgan nizolar va muammolarni sudgacha hal qilishni istaysizmi?
Unda, muzokaralar o‘tkazish va mediatsiya usullaridan foydalaning!
“Ipoteka-bank” ATIB tizmida nizolarni sudgacha hal etishda muzokaralar o‘tkazish va mediatsiya usullaridan keng foydalaniladi!
-
Huquqiy jamiyatda nizoni hal etishning muqobil mexanizmlari yaratilishi jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklashga erishishning samarali vositasi sifatida baholanadi.
-
Shu munosabat bilan, bugungi kunda “Ipoteka-bank” ATIB tizimi mas’ullarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, mijozlar, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
-
Agar, Sizda Ipoteka-bank bilan bog‘liq bo‘lgan muammo, nizo va kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, bankning Bosh ofisiga elektron, yozma yoki (78) 150-11-22 va 1233 raqamlari orqali og‘zaki ravishda murojaat qiling.
-
Bank boshqaruvi murojaatlarni ko‘rib chiqishda teng huquqlilik, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini ta’minlaydi, murojaat etuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qiladi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklarni murojaat etuvchining foydasiga talqin qilish prinsiplariga asoslanadi.
-
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida sudya taraflardan kelishuv bitimini tuzish ehtimolini yoki nizoni hal qilishning muqobil usullari ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi.