2023 yilning 1 yanvar holatiga respublika hududlari boʼylab bankning 39 ta filiali, 122 ta bank xizmatlari markazlari, 220 ta universal kassalari mavjud boʼlib, ular tomonidan 48 mingdan ortiq faol xoʼjalik yurituvchi subyektlarga va 1,7 mln.dan ortiq aktiv chakana mijozlarga bank xizmatlari koʼrsatib kelinmoqda.
I. Bankning 2022 yil faoliyati natijalari
Bankning asosiy koʼrsatkichlari dinamikasi boʼyicha:
Ipoteka-bankning 2023 yil 1 yanvar holatiga asosiy koʼrsatkichlari va moliyaviy natijalari quyidagi maʼlumotlarda aks ettirilgan:
• bankning aktivlari yil boshiga nisbatan 10,4 foizga koʼpayib, 44,2 trln. soʼmni;
• sof kredit portfeli yil boshiga nisbatan 13,8 foizga koʼpayib, 32,1 trln. soʼmni;
• jalb qilingan depozit mablagʼlari yil davomida 3,8 foizga koʼpayib, 16,4 trln. soʼmni;
• umumiy kapitali yil boshiga nisbatan 16,3 foizga koʼpayib, 5,9 trln. soʼmni tashkil etdi.
Bankning moliyaviy natijalari boʼyicha:
Oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 55,4 foiz koʼp miqdorida daromad olingan boʼlib, hisobot sanasida 9,9 trln. soʼmni tashkil qildi.
Shuningdek, oʼtgan yilga nisbatan 54 foizga koʼp xarajatlar amalga oshirilgan boʼlib, hisobot sanasida xarajatlar 8,8 trln. soʼmni tashkil qildi.
Natijada, ushbu ijobiy oʼzgarishlar bankning 2022 yil faoliyati natijalari boʼyicha 1 156 mlrd. soʼm miqdorida sof foyda olinishiga imkoniyat yaratdi.
Bank faoliyatining rentabelligi va samaradorligini ifodalovchi sifat koʼrsatkichlari yuqori darajada saqlanib qoldi. Xususan, hisobot davrida bank aktivlari rentabelligi (ROA) 2,89 foizni va bank kapitali rentabelligi (ROE) 21,3 foizni tashkil qildi.
II. Bankning biznes yoʼnalishlari
Ipoteka-bank avvalgi yillardagi kabi respublikaning yirik banklaridan biri sifatida iqtisodiyotda olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, salohiyatli korporativ mijozlarning yirik ishlab chiqarishga doir istiqbolli loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash, davlat dasturlari ijrosi, hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, kichik biznes sohasining rivojlanishiga hissa qoʼshish, aholini arzon va sifatli uy-joylar bilan taʼminlash va ommabop kreditlar orqali bandligini oshirish bankimiz faoliyatining muhim yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi.
Uy-joy qurilishini moliyalash boʼyicha:
Аholining uy-joy sharoitini yaxshilash jamiyat farovonligini taʼminlashning asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu borada, 2022 yil davomida hududlarda zamonaviy koʼp qavatli uy-joylar qurilishini moliyalashtirishda Ipoteka-bank jamoasi oʼz hissasini qoʼshdi.
2023 yilning 1 yanvariga qadar hududiy tashriflar, hukumat topshiriqlari, tijorat takliflari hamda yangi tartib asosida Ipoteka-bank tomonidan, loyiha qiymati 2 413,0 mlrd. soʼm boʼlgan 7 116 ta xonadondan iborat 127 ta uy-joylar boʼyicha 710,6 mlrd. soʼm miqdorida kredit liniyalari ochilgan boʼlib, bosqichma-bosqich moliyalashtirish natijasida 2022 yil davomida loyiha qiymati 1 337,0 mlrd. soʼm boʼlgan 3 363 xonadonli 59 ta koʼp qavatli uy-joylar foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, “Yangi Oʼzbekiston” massivlarida qiymati 686,2 mlrd.soʼm boʼlgan 2 228 xonadonli 45 ta uy-joy qurilishi uchun 240,1 mlrd.soʼm kredit ajratilgan.
Kichik biznesni kreditlash boʼyicha:
Mamlakatimizda raqobatni rivojlantirish, isteʼmol bozorini tovarlar va xizmatlar bilan toʼldirish, yangi ish joylarini tashkil etish hamda tadbirkorlar-ning keng qatlamlarini shakllantirish maqsadida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda Ipoteka-bank faol ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda Ipoteka bank tomonidan jami 48 022 ta tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʼrsatib kelinmoqda.
Bank tomonidan joylarda olib borilgan amaliy ishlar natijasida 2022 yil davomida 5 611 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi (hisobvaraq ochganlar), 2 150 ta tadbirkorlik subyektlari boshqa banklardan jalb qilinib, bugungi kunda bankning doimiy mijozlariga aylandi.
Xususan, 2022 yil davomida bank tomonidan 4 936 ta kichik biznes subyektlariga jami 4 462,1 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratildi va natijada, kichik biznes subyektlari tasarrufida jami 8 858 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.
Kichik biznes subyektlarini qoʼllab-quvvatlash va ularga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Biznesga Yevro kreditlari, xizmatlar sohasini qoʼllab-quvvatlash uchun, non va non mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga aylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun, koʼp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruv organlarini moliyaviy sogʼlomlashtirish uchun, qurilish tashkilotlarini tenderda ishtirok etishi uchun, parrandachilik sohasini rivojlantirish uchun hamda xorijiy valyutada Yevrobond, qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat mahsuloti zahirasi uchun, qishloq xoʼjalik texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida sotib olish uchun kredit mahsulotlari joriy etildi.
Tadbirkorlar uchun toʼlov terminali vazifasini bajara oladigan “Marta” terminal ilovasi yordamida mobil telefon orqali plastik kartadan toʼlovlarni qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Boshqa banklardan mijozlar jalb qilinganda debet aylanmasiga imtiyoz qoʼllash boʼyicha “Welcome” tarifi joriy etilgan boʼlib, 2022 yil yakuni bilan hisobvaragʼida jami qoldiq 118,4 mlrd.soʼmni tashkil etgan, 2 039 ta kichik biznes subyektlari jalb etilgan.
Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar 93 foizga yetkazilib, 44 661 tani tashkil etdi.
Bundan tashqari, Ipoteka-bankning hududiy filiallari tomonidan respublikadagi 4 mingga yaqin baliqchilik xoʼjaliklariga xizmat koʼrsatilib, ularning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish masalalari birgalikda hal qilib kelindi.
Xususan, 2022 yil yakuni boʼyicha baliqchilik sohasini rivojlantirish va aholini sifatli baliq mahsulotlari bilan taʼminlashga qaratilgan 127 ta loyihaga 140,6 mlrd.soʼm kredit mablagʼlari ajratildi.
Chakana kreditlar yoʼnalishi boʼyicha:
Chakana kreditlari qoldigʼi hisobot sanasiga 15 500 mlrd.soʼmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 112 foizga oʼsdi.
Jumladan, 2022 yil davomida bank tomonidan jismoniy shaxslarga jami 4 412,2 mlrd. soʼmlik chakana kreditlar ajratilgan boʼlib, shundan ipoteka kreditlari
1 932,8 mlrd. soʼmni, mikroqarzlar 1 802,5 mlrd. soʼmni, isteʼmol kreditlari 11 mlrd. soʼmni, avtokreditlar 199,6 mlrd. soʼmni, taʼlim krediti 466,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi.
III. Bankning xalqaro hamkorlik aloqalari
Bankning reyting baholari boʼyicha:
Ipoteka-bank tomonidan halqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlik ishlarini samarali tashkil etgan holda, bankka berilayotgan reyting baholarni muntazam ravishda har yili yangilash va darajasini oshirib borish yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlar koʼrib borilmoqda.
Bugungi kunda, Ipoteka-bank “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligining
“BB-/B” darajadagi istiqboli “Barqaror”, “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-/B” darajadagi istiqboli “Barqaror” va “Moodys” xalqaro reyting agentligining “B1/B1” darajasidagi istiqboli “Ijobiy” boʼlgan reytinglariga ega.
Shuningdek, “Moodys” xalqaro reyting agentligi bankning ESG reytingini neytral-past (CIS-2) darajada baholadi. Reyting belgilashda bankning davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlovi ekologik, ijtimoiy va boshqaruv risklarini kamaytirishi faktori hisobga olingan.
2022 yilning 1 yanvar holatiga respublika hududlari boʼylab bankning 39 ta filiali, 17 ta minibanki, 113 ta bank xizmatlar markazi, 212 ta universal kassalari hamda 71 ta 24/7 shoxobchasi mavjud boʼlib, ular tomonidan 48,5 mingdan ortiq faol xoʼjalik yurituvchi subyektlarga va 3,0 mln.ga yaqin jismoniy shaxslarga bank xizmatlari koʼrsatib kelinmoqda.
I. Bankning 2021 yildagi faoliyati natijalari
Bankning asosiy koʼrsatkichlari dinamikasi boʼyicha:
Ipoteka-bankning 2022 yil 1 yanvar holatiga asosiy koʼrsatkichlari va moliyaviy natijalari quyidagi maʼlumotlarda aks ettirilgan:
· bankning aktivlari yil boshiga nisbatan 23,5 foizga koʼpayib, 40,0 trln. soʼmni tashkil etdi;
· kredit portfeli yil boshiga nisbatan 19,4 foizga koʼpayib, 28,21 trln. soʼmni tashkil etdi;
· jalb qilingan depozit mablagʼlari yil davomida 66,6 foizga koʼpayib, 15,8 trln. soʼmni tashkil etdi;
· umumiy kapitali yil boshiga nisbatan 19,0 foizga koʼpayib, 5,09 trln. soʼmni tashkil etdi;
Bankning moliyaviy natijalari boʼyicha:
2022 yil 1 yanvar holatiga oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 61,0 foiz koʼp miqdorda daromad olingan boʼlib, hisobot sanasida 6,39 trln. soʼmni tashkil qildi;
shuningdek, oʼtgan yilga nisbatan 63,4 foizga koʼp xarajatlar amalga oshirilgan boʼlib, hisobot sanasida xarajatlar 5,7 trln. soʼmni tashkil qildi;
Natijada, ushbu ijobiy oʼzgarishlar bankning 2021 yil natijalari boʼyicha 693,7 mlrd. soʼm miqdorida sof foyda olinishiga imkoniyat yaratdi.
Shuningdek, 2021 yil yakuni boʼyicha bank faoliyatining rentabelligi va samaradorligini ifodalovchi sifat koʼrsatkichlari yuqori darajada saqlanib qoldi. Xususan, hisobot davrida bank aktivlari rentabelligi (ROA) 2,04 foizni va bank kapitali rentabelligi (ROE) 14,8 foizni tashkil qildi.
II. Bankning biznes yoʼnalishlari boʼyicha
Ipoteka-bank avvalgi yillardagi kabi respublikaning yirik banklaridan biri sifatida iqtisodiyotda olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, salohiyatli korporativ mijozlarning yirik ishlab chiqarishga doir istiqbolli loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash, davlat dasturlari ijrosi, hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, kichik biznes sohasining rivojlanishiga hissa qoʼshish, aholini arzon va sifatli uy-joylar bilan taʼminlash va ommabop kreditlar orqali bandligini oshirish bankimiz faoliyatining muhim yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi.
Uy-joy qurilishini moliyalash boʼyicha:
Аholining uy-joy sharoitini yaxshilash jamiyat farovonligini taʼminlashning asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu borada, oʼtgan 2021 yilda hududlarda zamonaviy koʼp qavatli uy-joylar qurilishini moliyalashtirishda Ipoteka-bank jamoasi oʼz hissasini qoʼshdi.
Jumladan, qurilishning bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi doirasida hududlarda 4 038 ta xonadondan iborat 73 ta koʼp qavatli uy-joylar barpo etildi. Bunda 1 113,5 mlrd. soʼmlik loyihalarni amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlariga 422,3 mlrd. soʼm miqdorida kredit liniyalari ochildi.
Bundan tashqari, 2021 yilda qiymati 1 850,4 mlrd. soʼmlik uy-joylar qurilishi moliyalashtirilishi uchun 517,6 mlrd. soʼm miqdorida kredit liniyalari ochilgan boʼlib, mazkur loyihalar 2022-2023 yillarda ishga tushirilishi natijasida 6 237 ta xonadondan iborat 106 ta uy-joy aholiga yashashlari uchun topshiriladi.
Kichik biznesni kreditlash va chakana xizmatlar boʼyicha:
Mamlakatimizda raqobatni rivojlantirish, isteʼmol bozorini tovarlar va xizmatlar bilan toʼldirish, yangi ish joylarini tashkil etish hamda tadbirkorlar-ning keng qatlamlarini shakllantirish maqsadida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda Ipoteka-bank faol ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda Ipoteka bank tomonidan jami 48 563 ta tadbirkorlik subyektlariga bankning 39 ta filiali, 17 ta minibanklari, 113 ta bank xizmatlari markazlari, 71 ta 24/7 rejimida ishlovchi smart-ofislar tomonidan xizmat koʼrsatib kelinmoqda.
Bank xodimlari tomonidan joylarda olib borilgan amaliy ishlar natijasida 2022 yil 1 yanvar holatiga 5 247 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi (hisobvaraq ochganlar), 2 143 ta tadbirkorlik subyektlari boshqa banklardan jalb qilinib, bugungi kunda bankning doimiy mijozlariga aylandi.
Xususan, 2022 yil 1 yanvar holatiga bank tomonidan 5 437 ta kichik biznes subyektlariga jami 4 989,3 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratildi va natijada, kichik biznes subyektlari tasarrufida jami 11 168 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.
Shu jumladan, tarmoqlar kesimida:
Sanoat sohasiga – 1 317,2 mlrd.soʼm;
Qishloq xoʼjaligi sohasiga – 703,5 mlrd.soʼm;
Qurilish sohasiga – 663,6 mlrd.soʼm;
Xizmat koʼrsatish sohasiga – 399,1 mlrd.soʼm;
Savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa tarmoqlarga – 1 905,9 mlrd.soʼm miqdorida kreditlar ajratilgan.
Yoʼnalishlar kesimida:
Mikrokreditlar – 492,1 mlrd.soʼm;
Аyol tadbirkorlarni qoʼllab quvvatlashga – 813,3 mlrd.soʼm;
Xizmat koʼrsatish va servis sohasi uchun – 1 281,8 mlrd.soʼm;
Oilaviy tadbirkorlik va xunarmandchilik uchun – 37,1 mlrd.soʼm;
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga – 872,9 mlrd.soʼm;
Nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchilarga – 347,9 mlrd.soʼm;
Yosh tadbirkorlikni rivojlantirish uchun – 661,3 mlrd.soʼm kreditlar ajratilgan.
Kichik biznes subyektlari uchun joriy qilingan kredit mahsulotlarini mijozlarga taklif qilish maqsadida kredit mahsulotlari maʼlumotlari bank ijtimoiy tarmoqlarida doimo reklama qilinib kelinmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Woman in busness CA” dasturi doirasida jalb qilingan 10 mln. АQSh dollarlik kredit liniyasi hisobidan, joriy yil davomida 8,0 mln. АQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan.
2021 yil aprel oyida bankning 12 nafar faol ichki trenerlaridan iborat I guruh shakillantirilib, “Woman in busness CA” doirasida gender sezgirligi mavzusida 4 kunlik trenerlar uchun trening oʼtkazildi. Treningda qatnashgan ichki trenerlar tomonidan oʼz navbatida ushbu mavzuda filiallarda front ofis xodimlari uchun treninglar oʼtkazilmoqda. May oyining 24-27 kunlari ham bankning 12 nafar ichki faol trenerlaridan iborat ikki guruh shakllantirilib, gender sezgirligi mavzusida trenerlar uchun trening oʼtkazildi.
Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar soni 2022 yil 1 yanvar holatiga 95 foizga yetkazilib, 46 135 tani tashkil etdi.
Bundan tashqari, Ipoteka-bankning hududiy filiallari tomonidan respublikadagi 4 000 ga yaqin baliqchilik xoʼjaliklariga xizmat koʼrsatilib, ularning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish masalalari birgalikda hal qilib kelindi.
Xususan, 2022 yil 1 yanvar holatiga baliqchilik sohasini kengaytirish va aholini sifatli baliq mahsulotlari bilan taʼminlashga qaratilgan 248 ta loyihaga 257,7 mlrd. soʼm kredit mablagʼlari ajratildi.
2021 yilda bank tomonidan jismoniy shaxslarga jami 5 534,6 mlrd. soʼmlik chakana kreditlar ajratilgan boʼlib, shundan ipoteka kreditlari 2 671,4 mlrd. soʼmni, mikroqarzlar 1 647,8 mlrd. soʼmni, isteʼmol kreditlari 124,5 mlrd. soʼmni, avtokreditlar 999,3 mlrd. soʼmni, overdraft kreditlari 2,1 mlrd. soʼmni hamda taʼlim kreditlari 89,5 mlrd. soʼmni tashkil etdi.
III. Bankning xalqaro hamkorlik aloqalari
Xalqaro moliya bozoridan investitsiyalar jalb qilish boʼyicha
Ilk marotaba Ipoteka-bank tomonidan 2020 yilning noyabr oyida 300 million AQSh dollari miqdoridagi hamda 2021 yil aprel oyida milliy valyutadagi 75 million АQSh dollari ekvivalentidagi yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozoriga muvafaqqiyatli joylashtirishga erishildi.
Bankning reyting baholari boʼyicha
Ipoteka-bank tomonidan halqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlik ishlarini samarali tashkil etgan holda, bankka berilayotgan reyting baholarni muntazam ravishda har yili yangilash va darajasini oshirib borish yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlar koʼrib borilmoqda.
2021 yilning 8 iyunida “S&P Global Ratings” halqaro reyting agentligi “Ipoteka-bank” АTIB kredit reytingini “BB-/B” darajada saqlab qolgan holda, reyting istiqbolini “Salbiy”dan “Barqaror”ga oshirdi.
2021 yil 13 iyulda “Moodys” halqaro reyting agentligi “Ipoteka-bank” АTIB depozit reytingini “B1/B1” darajada saqlab qolgan holda, reyting istiqbolini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga oshirdi.
Shuningdek, 2021 yilning 30 iyun kuni “Fitch Ratings” halqaro reyting agentligi Ipoteka-bankning “BB-/B” darajadagi, istiqboli “Barqaror” reytingi tasdiqlandi.