Call center: (78) 150-11-22

Contact center:  1233

Deposit and win at Ipotekabank

                     YUTUQ TIRAJINING SHART-QOIDALAR

1

Tirajga qatnashuvchi omonat mahsulotlar

Milliy valyutadagi onlayn/oflayn muddatli omonat mahsulotlarining 6 oy va undan yuqori muddatga pul mablag‘larini joylashtirilgan omonatchilar yutuq tirajiga qatnashadi.

2

Rasmiylashtirish obyekti

Chakana amaliyotlar kassalari va “Ipoteka-Retail” ilova orqali naqd va naqdsiz pul mablag‘lari qabul qilinadi.

3

Yutuqlar tiraj davri

2023 yil dekabr – 2024 yil aprel

4

Yutuq tirajida ishtirok etish shartlari

-       Amaldagi mavjud milliy valyutadagi muddatli omonat mahsulotning istalgan 6 oy va undan yuqori bo‘lgan omonat hisob raqamiga pul mablag‘i joylashtirgan mijozlar o‘rtasida yutuq tirajlari o‘tkazib boriladi;

-       Yutuqli omonatga qabul qilinadigan eng kam miqdori 3 000 000 (uch million) so‘m;

-       Eng kam miqdoriga teng va undan oshirilgan bir necha omonat ochgan mijoz 1 ta ishtirokchi deb hisoblanadi hamda yutuq tirajlarida 1 marotaba ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi;

-       Yutuqli tirajda, amaldagi hamda tiraj boshlangan sanadan yakuniy sanasigacha rasmiylashtirilgan, omonatlar ishtirok etadi (Ipoteka-bank xodimlari ishtirok etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi).

5

Qo‘shimcha mablag‘lar qo‘yish imkoniyati mavjudligi

Omonat mahsulotining shartlaridan kelib chiqib qo‘shimcha mablag‘ joylashtirishi mumkin.

6

Foiz daromadini to‘lash

Omonat mahsulotining shartlaridan kelib chiqib foizlar hisoblanadi va amalga oshiriladi.

7

Omonatni tasarruf etish va muddatidan oldin mablag‘larni olish

Omonat belgilangan saqlash muddatidan oldin, omonatchi talabiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘liq yoki qisman olinganda, omonat mahsulot shartlari asosida foizlar hisoblanadi yoki elektron hamyonga qaytariladi. Shuningdek, omonat hisobvarag‘i yutuqlar tirajida ishtirok etmaydi va yutuq pul mablag‘i to‘lab berilmaydi.

8

Yutuqlar berilishi

Yutuqlar omonat muddati tugaganda beriladi.

9

Omonat muddati tugagandan keyingi bosqichi

Omonat mahsulotining shartlari asosida amalga oshiriladi.

10

Rasmiylashtirish predmeti

Elektron ko‘rinishda oferta shartnomasi yoki chakana amaliyot kassada rasmiylashtiriladigan omonat shartnomasi

11

Yutuq tiraji o‘tkazish vaqti

Yutuq tiraji o‘tkazish kunlari

(yutuq tiraji o‘tkazilishi belgilangan vaqtdan bir kun (bank ish kuni) oldin ishtirokchilar ro‘yxati shakllantiriladi):

-          2023-yil 11-dekabr, 20-dekabr;

-          2024-yil 15-yanvar, 12-fevral va 11-mart

-          “Jekpot” yutuq tiraji bo‘yicha yutuq sohiblari 2024-yil 10-aprel kuni aniqlanadi

12*

Yutuqlar fondi va shartlari

Yutuqlar fondi o‘yinga ishtirok etgan mijozlar orasida aniqlanadi va quyidagicha taqsimlanadi.

    “jekpot” yutuq tiraji uchun (yutuq tiraji yakunida bir marta):

-       3 o‘rin uchun 10 mln.so‘m;

-       2 o‘rin uchun 20 mln.so‘m;

-       1 o‘rin uchun 30 mln.so‘m.

    Oylik yutuq tirajlari uchun (to‘rt oy davomida):

-       50 yutuq sohiblarining har biri uchun 3 mln.so‘m jami 150 mln.so‘m ajratiladi (Bunda, har yutuq tirajida 10 ta yutuq sohiblari aniqlanib, har biri uchun 3 mln.so‘mdan beriladi va jami 30 mln.so‘m pul miqdori o‘ynatiladi).

Jami yutuq fondi 210 mln.so‘mni tashkil etadi.

13

 

Bank huquqlari

-       O‘yin ishtirok etish vaqti ishtirokchilarning o‘z ismlari, familiyalari, fotosuratlari va ular haqidagi boshqa materiallardan tashkilotchi tomonidan ularga hech qanday haq to‘lamasdan reklama maqsadlarida foydalanish mumkinligiga roziligini bildiradi;

-       Bank o‘z xohishiga ko‘ra, ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 3 ish kuni oldin veb-saytida o‘zgartirishlar to‘g‘risida eʼlon joylashtirish orqali ushbu shartlarga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bank ishtirokchining o‘yinda ishtirok etishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar, xarajatlar va boshqa zararlarni qoplamaydi;

www.ipotekabank.uz 

-       Yutuq tiraji davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nizo va kelishmovchiliklar bank va o‘yin ishtirokchisi o‘rtasida xayrxohlik va o‘zaro tushunish asosida muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi, ammo tomonlar orasida o‘zaro rozilik bo‘lmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi;

-       O‘yin natijalari va g‘oliblar haqidagi maʼlumotlar bankning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi;

-       Bank yutuq tiraji g‘oliblari bilan bank tomonidan telefon orqali bog‘lanadi;

-       G‘oliblar bankning ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida onlayn rejimda aniqlanadi.

 

14

Mijoz uchun eslatma

Fuqarolarning bankdagi omonatlari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq kafolatlangan