Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rais bilan qahva 2020

Nashr etilgan: 23 yanvar, 2020


Qahva taʼmi qanday ekanligini bilasizmi? Аyniqsa, u Rais bilan birga boʼlsa. Аzaldan choy ustida samimiy suhbat qurish biz uchun urf boʼlgan. Kishi choy ustida yanada ochiq, yanada samimiy, yanada yaqin dildan suhbat quradi. Bugun ana shunday uchrashuv Ipoteka-bank Bosh ofisida faol yoshlar ishtirokida boʼlib oʼtdi. 



Uchrashuvni Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi kirish soʼzi bilan ochib berdi va davlatimiz rahbari tomionidan ilgari surilayotgan besh tashabbus, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan keng koʼlamli chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash yuzasidan bankda olib borilayotgan ishlar haqida alohida toʼxtalib oʼtdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv yoshlarda katta taaʼsurot qoldirdi. Shuningdek, tadbirda bank yoshlarining yangiliklarga intilishlari, ularning tashabbus va iqtidorlarini roʼyobga chiqarish, moliya sohasiga oid xorij tajribalaridan unumli foydalanish, eng asosiysi yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratish zarurligini alohida taʼkidlandi. 

Yoshlar oʼz muammolarini oʼrtaga tashladi, yaxshi tashabbuslar, takliflar bildirildi. Eng muhimi, Boshqaruv Raisi tomonidan ishtirokchilar tomonidan bildirilgan koʼplab takliflar maʼqullandi, sohadagi muammolar yechimi yuzasidan tegishli koʼrsatmalar berib oʼtildi. 

Sermazmun va koʼtarinki ruhda davom etgan tadbirda bildirilgan taklif, fikr va mulohazalar kelgusida bank xizmatlarining yanada qulayligi va ommabopligini oshirishda muhim zamin boʼlib xizmat qiladi. 
Uchrashuv soʼnggida bankda anʼanaga aylangan Boshqaruv Raisi bilan birga “qahva ustida davra suhbati” hazil va mutoyibalarga boy tarzda davom etdi. 

Eng yaxshi taklif va savol egalari Boshqaruv Raisi tomonidan tanlab olinib, bilim manbai boʼlmish kitoblar bilan taqdirlandi.