Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Yashil kelajakni birgalikda quramiz

Nashr etilgan: 2 aprel, 2025

Mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati Ipoteka bank OTP Group jamoasi ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, joriy yilning bahor mavsumida loyiha doirasida Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida jami 2000 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Unda bank va tuman hokimligi vakillari, ekofaollar, yosh tadbirkorlar va yoshlar yetakchilari faol ishtirok etishdi

Bu borada Qashqadaryo viloyati Ipoteka bank OTP Group boshqaruvchisi o‘rinbosari Shuhrat Boboyev shunday dedi, “Bu tashabbus nafaqat Qashqadaryoda, balki butun O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish, havo ifloslanishini oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Shubhasiz, bizni o‘rab olgan tabiatga mehr ko‘rsatish orqali ustuvor maqsadlarimizga erishamiz va kelajak avlod uchun yashil kelajakni barpo etamiz.”

Ma’lumot o‘rnida, Ipoteka bank OTP Group har yili mamlakatimizdagi ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar doirasida keng ko‘lamli tadbirlarni Respublika bo‘ylab o‘tkazib keladi