Nashr etilgan: 20 sentyabr, 2021
"Ipoteka-bank" ATIB xalqaro bank kartalari boʼyicha yangi protsessing markaziga oʼtayotganligi munosabati bilan, 2021 yil 1 oktabridan boshlab bankning mavjud Visa xalqaro bank kartalari boʼyicha amaliyotlar toʼxtatilishini maʼlum qilamiz.
Shu sababli, Sizdan "Ipoteka-bank" ATIB filiallari tomonidan ochilgan Visa xalqaro bank kartalarini yoptirish uchun karta ochilgan filiallarimizga murojaat qilishingizni soʼraymiz.
Qoʼshimcha maʼlumot olish uchun +99878-150-11-22 raqamiga yoki 1233 qisqa raqami qoʼngʼiroq qilishingiz mumkin.